«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet5/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Umumiy tekshirish. Kasal hayvonlarni umumiy tekshirish, ularga diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Ayrim hollarda umumiy tekshirish usullari orqali, sirtdan ko‘zdan kechirish yo‘li bilan kasal hayvonni osongina payqash va kasallik belgilarini topish mumkin.
Umumiy tekshirish hayvon gabitusini aniqlash, molning terisi, limfa tugunlari, shilliq pardalarini tekshirib ko‘rish va haroratini o‘lchashdan iborat. Bundan tashqari umumiy tekshirishlarda hayvonning zoti, jinsi, yoshi, hayvon holati, vazni va uning xo‘jalik bahosi ham e’tiborga olinishi kerak.
Hayvonlarning turli zotlarida xirurgik kasalliklar turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Og‘ir yuk tortuvchi zotli otlarda ko‘proq oyoqlarning (distal) pastki qismida asosan barmoqlarning chuqur bukuvchi paylarida, yo‘rg‘a zotli otlarda esa, asosan oyoqlarning (distal) pastki qismidagi yuza bukuvchi paylari va tushoq bo‘g‘imini mustahkamlovchi qismida shikastlanishlar ko‘proq uchraydi. Surunkali deformasiyalanuvchi artritlar yuguruvchi otlarda ko‘proq kurak-yelka bo‘g‘imida uchrasa, og‘ir yuk tortuvchi otlarda esa tizza bo‘g‘imida uchraydi va boshqalar.
Bug‘oz hayvonlarda diagnostik tekshirish usullari, juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ayg‘irlarda «sanchiq» belgilari kuzatilganda chot va son dabbalarini bor yoki yuqligini e’tiborga olish kerak va hokazo.
Hayvonlarning ayrim kasalliklari ularning nasliga va tusiga bog‘liqligi tasdiqlangan. Kulrang otlar ko‘proq melanosarkomaga, kulrang qo‘zilar esa surunkali timpaniyaga moyilligi aniqlangan. Bundan tashqari kulrang otlar tushoq bo‘g‘imi yallig‘lanishlariga va terining nekrotik jarayonlariga yuqori darajada sezgirligi tasdiqlangan.
Hayvonlarning yoshi kasalliklarni aniqlashda, kasallik oqibatini oldindan ayta bilishda va davolashda katta ahamiyat kasb etadi. Karsinoma, katarakta (ko‘zining oq parda bilan qoplanishi), yumshoq tog‘ayning suyaklashuvi asosan ko‘proq qari hayvonlarda uchraydi. Yosh hayvonlarga narkoz qari hayvonlarga qaraganda tez ta’sir qiladi, shu bilan birga yosh hayvonlar xirurgik operasiyalarni nisbatan yaxshi ko‘tara oladi.
Bundan tashqari dori, narkotik, og‘riqsizlantiruvchi, tinchlantiruvchi va boshqa moddalarni miqdorini belgilashda hayvonning tana og‘irligi muhim ahamiyatga ega.
Katta vaznli hayvonlarda (yirik shoxli hayvonlar, otlar) bir qator kasalliklarning, xudi shu turga mansub bo‘lgan kichik vaznli hayvonlarga qaraganda tuzalish ehtimoli (prognozi) kamroq bo‘ladi. Hayvonni klinik tekshirishda hamma vaqt uning umumiy holatiga, ya’ni semiz-oriqligiga, temperamentiga (xulq-atvori), tana tuzilishiga, tanasining fazodagi vaziyatiga, konstitusiyasiga e’tibor berish kerak. O‘rtadan yuqori semizlikdagi mustahkam konstitusiyali hayvonlarda, jarohatning bitishi va boshqa jarayonlar yaxshikechishi kuzatiladi.Uzoq vaqt davolashga tug‘ri keladigan qari vamahsuldorligi past bo‘lgan hayvonlar, sarf qilingan xarajatlarni qoplay olmaydiva ular go‘shtga topshiriladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling