«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet3/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

III- bob. Jarrohlik infeksiyasi




3.1

Jarrohlik infeksiyasi

2




IV- bob. Ochiq mexanik shikastlanishlar




4.1

Jarohatlangan hayvonlarni davolash

2




V- bob. Yopiq mexanik shikastlanishlar. To‘qimalar nekrozi




5.1

Yumshoq to‘qimalarning yopiq shikastlanishlarini davolash

2




VI- bob. Termik va kimyoviy shikastlanishlar.




6.1

Termik va kimyoviy shikastlanishlarini davolash

2




VII- bob. Suyak, bo‘g‘im,pay va pay qini kasalliklari




7.1

Suyak sinishlarini davolash

2




VIII- bob. Bosh bo‘yin, yag‘rin, ko‘krak va qorin sohalaridagi kasalliklar sohalaridagi kasalliklar




8.1.

Qorin sohasidagi kasalliklar

2




IX- bob.Andrologiya




9.1

Siydik – jinsiy a’zolar kasalliklari

2




X - bob. Oyoq kasalliklari




10.1

Ko‘krak va orqa oyoqlarining statikasi va dinamikasi

2




XI - bob. Veterinariya ortopediyasi




11.1

Tuyoqlarni tozalash va qirqish

2

Jami

30


1-mavzu: XIRURGIK KLINIKASI IShI BILAN TANIShISh


Darsning maqsadi. Talabalarga xirurgik klinikasi ish tartibi bilan, xirurgik xonalardagi asbob-uskuna va jihozlar, klinikada yuritiladigan hujjatlar, hayvonlarni qabul qilish va davolash tartibi, navbatchi talaba va kuratorlarning huquqi va vazifalari shu bilan birga o‘quv kasallik tarixini bajarishni tanishtirishdan iborat.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar. Kafedra o‘quv va maxsus xonalari ulardagi xirurgik jihozlar asbob va uskunalar, xirurgik klinikasi hujjatlari va kasal hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. Darsning birinchi soatida talabalar xirurgik klinikasi va uning ish tartibi bilan tanishadilar.So‘ngra dars davomida o‘qituvchi tomonidan hayvonlarni qabul kilish yani manejni, bog‘lov xonasini, operasiya oldi xonasini, yuqumsizlantiruvchi avtoklav xonalarini, yiringli va yiringsiz operasiya o‘tkaziladigan xonalarni, xirurgik asboblar turadigan xonani, stasionar bo‘limini, talabalarning navbatchilik xonasini va amaliy mashg‘ulotlar o‘tadigan xonalar ko‘rsatiladi va kasal hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida tushuntiriladi.
Qoramollarni tekshirganda qo‘l bilan paypaslab ko‘rgan paytda hayvonning shoxlab yubormasligi yoki tepmasligi uchun uning oldini olish zarur, buning uchun veterinar xodim ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi lozim.
Hayvonga yaqinlashganda uning oldidan yoki yonidan shunday borish kerakki, hayvon shu vaqtda yaqinlashayotgan kishini ko‘rishi kerak. Otlarning quloq harakatiga diqqat qilish kerak: agar hayvon quloqlarining uchini bir-biriga yaqinlashtirsa, hayvon kelayotgan kishini ko‘rganligini bildiradi, bunda ehtiyot choralari ko‘rilmasa, hayvon yaqinlashayotgan kishini tepishi, tishlashi yoki devorga qisishi mumkin. Bunday sharoitda hayvonga muloyimlik bilan tovush chiqarilib muomila qilinsa, u tinchlanishi mumkin.
Qoidaga binoan kasal mollarni bog‘lab qo‘yilgan joyida tekshirish man etiladi. Mabodo ko‘rish zaruriyati to‘g‘ilsa, u vaqtda hayvonga tanish bo‘lgan tovush bilan sekin gapirib yondoshish kerak.
Itlarni tekshirishdan oldin ularning jag‘larini avval bint bilan it egasi bog‘lashi shart. Agar shu vaqtda itning og‘zidan so‘lak oqib tursa, tovush xirillab chiqsa, oyoqlarini sudrab bosish belgilari sezilsa, pastki jag‘i osilgan bo‘lsa, u hayvon quturish kasalligiga gumon qilinadi.
Mushuklar noto‘g‘ri fiksasiya qilinsa, u vaqtda tekshiradigan kishini tishlashi, tirnashi yoki og‘ir jarohatlashi mumkin. Ular maxsus qoplar yordamida fiksasiya qilinadi.
Qo‘y va echkilarni fiksasiya qilish usullari boshqa hayvonlarga nisbatan osonlik bilan bajariladi.
Umuman olganda hayvonlarni tekshirishdan oldin ular yaxshilab fiksasiya qilinishi kerak, buning uchun ot yoki qoramolni yordamchi yoki hayvon egasi yaxshilab ushlab turadi. Tekshiruvchi hayvonning bosh, bo‘yin, yag‘rin, ko‘krak va qorin sirtini siypalab muloyimlik bilan muomala qilib, keyin asta-sekinlik bilan tananing kerakli qismida tekshirish ishlarini amalga oshiradi. Agar hayvon tekshirilganda qarshilik qilib tinch turmasa, unda maxsus usullar qo‘llanilib, hayvon fiksasiya qilinadi.



Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling