«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpat sinovi
- Tirsak sinovi
- Klin (pona) yordamida tekshirish
Passiv harakat oyoqdagi suyak, bo‘g‘im, bog‘lam va mushak-pay tizimlarida uchraydigan kasalliklarga diagnoz qo‘yish uchun qullaniladigan maxsus klinik tekshirish usuli hisoblanadi. Bu usul oyoqlarni bukish yoyish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, shu bilan birga ayrim bo‘g‘imlarni navbatma-navbat aylanma harakat qildirish yo‘li bilan hayvonlarda og‘riq reaksiyasini aniqlashga asoslangan.
Shpat sinovi usuli surunkali deformasiyalanuvchi osteoartrit va osteoartroz kasalliklariga diagnoz qo‘yishda qo‘llaniladi, bunda asosan sakrash bo‘g‘imida mustahkam biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi va suyak to‘qimalarining yemirilishi kuzatiladi. Bu kasallikni aniqlash uchun, bo‘g‘imni oxirigacha bukish kerak. Kasal oyoqni shunday bukish kerakki, hayvon tuyog‘i qorin devori pastki qismiga tegib turishi kerak. Shu holatda 3 minut saqlab turiladi, so‘ngra oyoq qo‘yib yuborilib ot choptiriladi. Agar oqsash kuchaysa unda sakrash bo‘g‘imida patologik jarayon kechayotganligidan dalolat beradi yoki aksincha. Agar tizza va tos-son bo‘g‘imlarida ham patologik jarayonlar kechayotgan bo‘lsa ham oqsash kuchayadi, uni aniqlab ajratish maqsadga muvofiqdir. Tirsak sinovi - bilak nervi falajlanishiga diagnoz qo‘yib aniqlash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun sog‘lom oldingi oyoq oldinga ko‘tariladi, hayvonning gavda og‘irligi kasal oyog‘iga tushadi. Shunda hayvon o‘zini oldinga yoki orqaga oladi. Bilak nervi falajlanishida oldin tirsak bo‘g‘imi, so‘ngra pastki bo‘g‘imlar bukiladi, agar ko‘tarilgan oyoq qo‘yib yuborilmasa hayvon yiqilishi mumkin. Bu bilak nervi va uning tarmoqlari boshqarayotgan tirsak, bilaguzuk va barmoq bo‘g‘imlari yozuvchi mushak va paylarida funksiyaning buzilganligidan dalolat beradi. Klin (pona) yordamida tekshirish. Bu usul mokisimon chig‘iri kasalliklariga diagnoz qo‘yishda qiyinchiliklar bo‘lganda qo‘llaniladi. Hayvonning kasal oyog‘i taxtadan qilingan uzunligi 25 sm va eni 15 sm bo‘lgan klin ustiga qo‘yiladi, bunda tuyoqning oldingi ilgich qismi klinning baland joyiga, orqangi qismi esa past joyiga qo‘yilishi kerak. So‘ngra yon sog‘lom oyoq ko‘tariladi. Bunda kasal oyoqning tuyoq bo‘g‘imi kuchli chuziladi, barmoqlarning chuqur bukuvchi paylariga og‘irlik ko‘proq tushishi natijasida klin mokisimon blokni kuchli qisa boshlaydi. Agar mokisimon chig‘irida patologik jarayonlar kechayotgan bo‘lsa, hayvon og‘riq sezib oyog‘ini tortib olishga yoki ikkala orqa oyog‘iga og‘irlikni tashlashga harakat qiladi. Shu oyoqni klin ustiga teskari yunalishga qilib qo‘yilsa, hayvon unga uzoq vaqt bezovtalanmasdan tayanib turishi mumkin. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling