«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet10/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Issiq vanna usuli. Differensial (qiyosiy) - diagnostika uchun bu usul yordamchi hisoblanadi. Oyoqning distal (pastki) qismidagi suyak, bog‘lam va pay kasalliklarini tekshirishda qo‘llaniladi. Pay va bog‘lam kasalliklarida 40 oS li issiq vanna qo‘llanilganda oqsash vaqtincha to‘xtaydi yoki kamayadi, suyaklarning yarim sinishlarida va osteoartrozlarda oqsash aksincha kuchayadi.
Rektal tekshirish. Tos bushlig‘i organlari kasalliklari diagnostikasida qo‘llaniladi. Bu usul yordamida tos suyagi, dumg‘aza va bel umurtqalari sinishlari, gematomalar, qorin aorta trombozlari, abssess va o‘smalar aniqlanadi.
Tekshirishdan oldin hayvonning dumi va anus (orqa chiqaruv teshigi) atrofidagi terisi sovun hamda dezinfeksiyalovchi eritma bilan issiq suvda yuviladi. So‘ngra tirnoqlar kalta qilib olinadi, qo‘llar yaxshilab yuvilib dezinfeksiya qilinadi. Qo‘lga vazelin va moy surtiladi yoki maxsus rezina qo‘lqop, bo‘lmasa selofanli yenglik kiyiladi. Hayvonlar keng issiq binolarda tekshiriladi.
Rentgen yordamida tekshirish. Klinik belgilari uncha aniq bo‘lmagan suyak kasalliklari (sinish, periostit, ostit, osteomiyelit, suyak va tog‘ay to‘qimalarining nekrozi, artrit, osteoartrit, osteoartroz, ankiloz, Bo‘g‘im chiqishlari), shu bilan birga yumshoq to‘qimalarning suyaklashuvi va yot jismlar rentgen usuli yordamida aniqlanadi.
Bekteriologik tekshirish. Bu tekshirish usuli patologik jarayonlardagi mikroblarni patogenligi va virulentligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Tekshirish uchun yallig‘lanish jarayonlaridan jarohatnozli yiring va shikastlangan to‘qimalardan parchalar olinib tekshiriladi.


2-Mavzu: XIRURGIK KLINIKASIDA YURITILADIGAN XUJJATLAR BILAN TANISHISH
Darsning maqsadi. Talabalarga xirurgik klinikasi ish tartibi bilan, xirurgik xonalardagi asbob-uskuna va jihozlar, klinikada yuritiladigan hujjatlar, hayvonlarni qabul qilish va davolash tartibi, navbatchi talaba va kuratorlarning huquqi va vazifalari shu bilan birga o‘quv kasallik tarixini bajarishni tanishtirishdan iborat.
Darsning ikkinchi soatida o‘qituvchi talabalarga kasal hayvonlarni ambulator va stasionar sharoitida davolash uchun qabul qilishni, hamda xirurgik klinikasi hujjatlari bilan tanishtirib chiqadi. Talabalar kasal hayvonlarni davolash davomida to‘ldiriladigan ambulator va stasionar jurnallar, kurasiya va harorat varag‘i, kasallik tarixi yo‘riqnomasi, resept va yo‘llanma hamda namunali to‘ldirilgan o‘quv kasallik tarixi bilan tanishib chiqadilar. Bundan tashqari, o‘qituvchi yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarni to‘ldirish, yurgizish va saqlash to‘g‘risida tushuntirib o‘tadi. Bu hujjatlarni klinikaning yaxshi ko‘rinadigan joyiga qo‘yilsa, talabalar ularni xoxlagan vaqtlarida mustaqil o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kurasiya va kasallik tarixini yozishga katta e’tibor qaratilishi kerak. O‘qituvchi rahbarligida xirurgik klinikada kurasiya qiladigan talabalar (kuratorlar), kasal hayvonlarni doimiy ravishda kuzatib borishlari shart. Kasallik kechishi davomida hamma o‘zgarishlar kurasiya varag‘iga yozib boriladi, kerakli laboratoriya tekshirishlari va davolash muolajalari o‘tkazilgandan so‘ng o‘quv kasallik tarixi belgilangan muddatda o‘qituvchiga taqdim etiladi. Tug‘ri to‘ldirilgan kasallik tarixi yuridik va tarbiyaviy ahamiyatga ega: birinchidan, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilishga yordam beradi; ikkinchidan, qo‘llanilgan davolash usullarini afzalligini tekshirishga imkon yaratadi; uchinchidan, maxsus adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatadi va boshqalar.
Kasallik tarixini to‘ldirishda hayvon – kasallik kechishi to‘risida kengroq yozish kerak. Hayvonni ko‘rikdan o‘tkazish, tekshirish, operativ davolash va davolash usullarining ta’sirini qisqa va aniq qilib yozish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quv kasallik tarixini to‘ldirishda qo‘yidagi savollarni kengroq yoritishga e’tibor beriladi:

  1. Hayvonni ruyxatga olish.

  2. Anamnez.

  3. Kasal hayvonni umumiy tekshirish.

  4. Alohida sistemalarni klinik tekshirish.

  5. Patologik o‘choqni tekshirish.

  6. Laborator tekshirish.

  7. Maxsus tekshirish.

  8. Birlamchi tashhis.

  9. Differensial (qiyosiy) tashhisi.

10. Yakuniy tashhis.
11. Prognoz (oqibati).
12. Davolash.
13. Epikriz (xulosa).
Bundan tashqari kasallik tarixiga kasallik kundaligi va foydalanilgan adabiyotlar qo‘shimcha qilib ilova qilinadi.




Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling