«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet13/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Darsning o‘tilish uslubi. Mashg‘ulot xirurgik klinikada o‘tkaziladi. O‘qituvchi yallig‘lanish va uning turlari to‘g‘risida ma’lumot beradi, hamda yallig‘lanishning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va kechishida nerv sistemasining roli to‘g‘risida ta’kidlab o‘tadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yallig‘lanish ko‘pchilik kasalliklarning patogenezini negizini tashkil qiladi va yallig‘lanish bosqich va davrlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Bu jarayon asosan tashqi va ichki muhit omillariga qarshi hujayra va to‘qimalarning javob reaksiyasi bo‘lib, nerv va gormonal boshqarilib organizmning umumiy reaktivligi bilan xarakterlanadi.
Shikastlantiruvchi omillar ta’siriga (biologik, kimiyoviy, fizik va boshqalar) javoban to‘qimalardan yallig‘lanish mediatorlari (gistamin, serotonin, vazoaktiv polipeptidlar - kinin, bradikinin, kalidin va boshqalar) ajralib chiqadi, ular silliq mushaklarga, qon tomirlari o‘tkazuvchanligiga, nerv to‘qimalariga va boshqalarga ta’sir qiladi.
Yallig‘lanishning birinchi davri boshlang‘ich bosqichida to‘qima bazofillarining degranulyasiyasi tufayli ajralgan gistamin va serotonin ta’sirida kapilyar qon tomirlar devori kengayadi va o‘tkazuvchanligi oshadi. Ikkinchi davrida vazoaktiv prolipeptidlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi, bu esa proteolitik fermentlarning qatnashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Gistamindan ozod bo‘lgandan keyin vazoaktiv peptidlar (bradikinin, kalidin va boshqalar) hosil bo‘ladi va proteazlar qon tomirlar devori komponentlariga ta’sir qilishi mumkin. Leykosit proteazlari tomir membranasini buzishi mumkin. Kanin silliq mushaklar tomirlarini kengaytirib va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshiradi. Buning oqibatida shish rivojlanadi va kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Shunday qilib, yallig‘lanishning boshlang‘ich davrida oqsilga xos moddalardan tozalanish ro‘y beradi. Bu moddalar kapillyarlarning kengayishi ular devorining o‘tkazuvchanligini oshishiga va og‘riqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Keyingi yillarda biologik aktiv birikma prostoglandinlarning katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Prostoglandinlar orasida shunday aktiv moddalar aniqlandiki, ular miqdorining oshishi yoki kamayishi silliq mushaklarni stimullaydi yoki funksiyasini pasaytiradi. Qon tomiriga va nerv sistemasiga ta’sir qiladi va hokazo. Ular qon oqishini kuchaytiradi, va kichik venalarda bosimni oshiradi. Trombositlarni stimullaydi va shu bilan birga qon va membranalarga ta’sir qiladi.
Talabalarga yuqoridagi ma’lumotlar tushuntirilgandan keyin ular kasal hayvon to‘g‘risida anamnez ma’lumotlarini yozadilar. Yallig‘lanish jarayoni bilan kasal hayvonni tekshirib yallig‘lanishning klinik belgilarini o‘rganadilar, umumiy klinik tekshirish usullari asosan kasal hayvonda, darsning birinchi soatida amalga oshiriladi. Bunda yallig‘lanishning asosiy klinik belgilari aniqlanadi, ya’ni qizarish, shish, mahalliy harorat, og‘riq va funksiyaning buzilishi. Zarur bo‘lganda harorat, siydik, qon va boshqa kasallik tarixida bor bo‘lgan ko‘rsatkichlar tekshiriladi.
Barcha yiringli yallig‘lanish kasalliklarida qon olinib, tekshirish uchun laboratoriyaga yuboriladi va laboratoriyada talabalar qonni o‘zlari tekshiradilar. Darsning ikkinchi soatida talabalar mustaqil ishlash uchun 4-5 guruhga bo‘linadilar va turli hayvonlarda yallig‘lanish jarayonlarini qanday kechishi o‘rganiladi. Bunda klinik belgilar taqqoslanib o‘rganiladi., diagnoz qo‘yiladi va differensial diagnostika qilinadi. Bundan tashqari, surunkali yallig‘lanish, o‘tkir yuzaki yallig‘lanish, chuqur joylashganidan, aseptik yallig‘lanish yiringli yallig‘lanishdan farqlanadi. Shu bilan birga o‘tkir aseptik yallig‘lanishlarda sovuq muolajalarni qo‘llash usullari ham o‘rganiladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling