«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet12/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

9.Xulosa.Kasallik tarixining oxirida davolash usullarini qo‘llash natijalari to‘g‘risida qisqa va aniq qilib ma’lumotlar yoziladi. Davolashga sarf qilingan xarajatlar hisob-kitob qilinib, kelgusida xo‘jalikda bu kasallikni davolash foydali yoki foydasiz ekanligi aniqlanadi.
Xotima qilingandan so‘ng, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati kengrok yoritiladi. Chizma, suratlar va rentgenogrammalarni kasallik tarixining ichki qismida yoki oxirida joylashtirish mumkin.
Kasallik tarixiga ilovalar:

  1. Harorat, puls va nafas olish tavqimi.

  2. Laboratoriya va maxsus tekshirish natijalari:

a) qon, siydik, oshqozon shirasi, axlat, suyuqlik va boshqalar.
b) rentgenoskopiya, rentgenografiya, fistulografiya, allergik,
serologik, bakteriologik, gistologik va boshqa tekshirish usullari.
Kasal hayvon o‘lgan taqdirda gavda yorish bayoni ham ilova qilinadi.


3-Mavzu: O‘TKIR YALLIG‘LANISHNI SOVUQ MUOLAJALAR BILAN DAVOLASH.


Darsning maqsadi. Yallig‘lanish jarayonlarini xirurgik kasalliklarida organizmning umumiy reaksiyalarini asoslaridan biri sifatida ko‘rib chiqish. Talabalarga yallig‘lanishning klinik belgilarini aniqlash va aseptik yallig‘lanishning o‘tkir shaklida sovuq usullar bilan davolash hamda issiq muolajalar (gidrotermoterapiya) va boshqa qizituvchi usullarni ko‘llashni tanishtirishdan iborat.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar. Probirka, buyum oynachasi, surtma tayyorlash uchun buyoqlar; mikroskop, qonni klinik tekshirish uchun melanjerlar va sanoq kamerasi, sochiq, yallig‘lanish bosqichlari aks ettirilgan jadvallar, suv haroratini o‘lchash uchun termometrlar, muz, qor, har xil haroratdagi suv, bog‘lam jihozlari, loy, brezent satil va qop, kanopli 2 ta bint, bittasi ensiz va kalta, ikkinchisi kengroq va uzun, doka, suv o‘tkazmaydigan qog‘oz yoki kleyonka, paxta, dokali bint, 70-96 % li spirt ( 100-150 ml) yog‘sizlantirilgan paxta va o‘tkir aseptik yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan kasal hayvonlar ot, it va boshqalar.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling