«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet20/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Chuqur kuydirishda termokauterning qizargan uchi teri asosigacha kirib boradi. Pay qinlarining surunkali proliferativ yallig‘lanishini va suyaklashuvchi periostitlarni davolash uchun, bu usuldan foydalaniladi.
Kirib boruvchi kuydirish-termokauterning o‘tkir, ignasimon uchi teridan o‘tib,chuqurda joylashgan patologik to‘qimalargacha kirib boradi. Bu usulni pay kontrakturalarida, ekzostozlarda, periostitlarda, sakrash bo‘g‘imining deformasiyalanuvchi artrozlarida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Kirib boruvchi kuydirish tez (igna sanchilgandan keyin tezda to‘qimalardan chiqarib olinadi) va sekin (igna to‘qimalar ichiga bir necha soniya ushlab turiladi) bajariladi.
Kuydirish shakliga qarab- nuqtali, tasmasimon va ignasimon bo‘ladi.
Nuqtasimon kuydirishda - qizdirilgan temir uchi teri yuzasiga 0,5 soniya davomida, bir yuzaga 8-10 marotaba tegiziladi. Shunda nuqtalar bir-biridan 1-1,5sm masofada, shaxmat shaklida joylashadi.
Tasmasimon kuydirishda - tasma bir–birga parallel yo‘nalishda bo‘lib, oraliq masofasi 1,5-2sm dan kam bo‘lmasligi va kesishmasligi zarur, aks holda keng chandiqlar hosil bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan tasmali kuydirishlar bo‘g‘imlarning bukuvchi qismida qo‘llanilmaydi.
Ignasimon (kirib boruvchi) kuydirish – shaxmat tartibida bir-biridan 1-1,5sm masofada o‘tkaziladi. Qizdirilgan igna to‘qimalarga belgilangan chuqurlikga bir marotaba suqilib 3-5 sekund davomida ushlab turiladi.
Kuydirish to‘qimalarda, ko‘yish chaqirib yuqori haroratning kuchiga va ta’sir qilish davomiyligiga qarab, uch darajali kuyish chaqiradi. Ular bir-biridan kuygan to‘qimalarning rangiga, kuygan joyda hosil bo‘lgan suyuqlik xarakteriga qarab farqlanadi.
Birinchi darajali kuyishda terida uncha katta bo‘lmagan chuqurcha va nuqtachalar kuzatiladi. Kuygan to‘qima rangi och jigar-rangda bo‘lib, alohida tomchisimon serozli suyuqlik ajraladi. Keyingi kunlari yallig‘lanish pasayib, eksudat ajralishi to‘xtaydi va shikastlangan epidermis to‘lig‘icha tiklanadi.
Ikkinchi darajali kuyishda teridagi nuqtalar ancha chuqur, to‘qimalar sarg‘imtir - malla rangda bo‘lib suyuqlik ajralishi ancha kuchli namoyon bo‘ladi. Uchinchi darajali kuygan to‘qimalar infiltrasiyaga uchragan, epidermis yumshagan, terining hamma qatlamlari shikastlanib kengaygan, to‘qimalar esa somon rangida bo‘ladi. Serozli eksudat ajralishi kuchli namoyon bo‘lib, suyuqlik tomchilari chuqurchalardan chiqib, bir-biriga qo‘shiladi quriydi va pustloqlar hosil qiladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling