6-Mavzu: GEMOTERAPIYA VA LAKTOTERAPIYA.
Darsning maqsadi: Talabalarga xirurgik kasalliklarni davolashda stimulyasiyalovchi terapiya: autogemoterapiya, laktoterapiya, seroterapiya, A.A.Bogomols buyicha antiretikulyar sitotoksik zardobini (ASZ) qo‘llashni o‘rgatish.
Jihozlar, asbob-uskunalar, hayvonlar. Yog‘sizlantirilgan toza sut, antiretikulyar sitotoksik zardob (flakonda), 0,9% li fiziologik eritma, 4% li natriy limonli eritma, 1% li novokain, yod eritmalari, operasiya uchun asboblar, shprislar, bog‘lovchi va tikuvchi jihozlar, hayvonlar (3-4 bosh).
Darsning o‘tilish uslubi. Dars laboratoriya va kafedra klinikasi sharoitida tashkil qilinadi.O‘qituvchi dars boshida stimulyasiyalovchi davolash usullarining mohitini tushuntirib, talabalarga vazifa beradi va dars davomida uni bajarilishini nazorat qilib turadi.
Autogemoterapiya – stimulovchi davolashning bir turi bo‘lib, organizmga ko‘p qirrali ta’sir etish moddalar almashinuv va organizmning immunobiologik reaktivligini oshiradi. Ot va qoramollarda qon buyunturuq venasidan olinadi.Buning uchun operasiya maydonchasi tayyorlanib,sterillangan kolbaga 1:10 nisbatda olinadigan qon miqdoriga qarab 5% li natriy limonli eritma solinadi (qonni ivishdan saqlash uchun) va qon olinadi. Olingan qon shu hayvonga teri osti yoki mushak orasiga (tananing hohlagan qismiga) birinchi inyeksiya 25 ml, ikkinchi – 50 ml, uchinchi – 75 ml miqdorda yuboriladi. Fiziologik eritma bilan 2% li novokain teng miqdorda qonga qo‘shib yuborilsa, fagositoz kuchayadi, RES to‘qimalari rivojlanishi, sog‘lom granulyasion to‘qimalar o‘sishi tezlashadi, chandiq hosil bo‘lishi va epidermizasiya jarayoni yaxshilanadi.
Autoqondan tashqari 2-40S da yangi olingan yoki konservasiya qilingan gomo va geterogenli qonni 2 kun davomida yuborish mumkin. Teri ostiga 0,03-0,05 ml/kg og‘irligiga 3-4 kundan so‘ng inyeksiyani qaytarish mumkin. Anafilaktik shokni oldini olish uchun geterogen qonga 3:1 nisbatda 1% li xloramin eritmasi qo‘shiladi yoki qon distillangan suvda gemolizlanadi.
Laktoterapiya – yog‘sizlantirilgan sutni teri ostiga yuborish. Yog‘sizlantirilib qaynatilgan sut, tana haroratigacha sovutiladi va teri ostiga 3 marta 48 soat interval (tanafus) bilan ortib boruvchi 25, 50, 75 ml katta, 5, 10 va 15 ml miqdorda kichik hayvonlarga yuboriladi.
12.1. Rp.: Novocaini 1 % - 30.0
D.S. Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun
#
12.2. Rp.: Sol. natrii chloridi 0.9 % - 100.0
D.S. Maydalangan to‘qimalarga aralashtirish uchun
#
12.3. Rp.: Sol. natrii chloridi 2 % - 100.0
D.S. To‘qimalarni konservasiya qilish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |