«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet18/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

v) musht bilan urish usuli. Bunda barmoqlar ozroq kaftga qisiladi va kaft tomon bilan kuchsiz urib turiladi. Bu usul moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tonusni va mushaklar qisqarishini oshiradi. Bu usul, qon tomirlar ko‘p bulgan joylarda qo‘llanilmaydi.
g)taqillatib urish usuli. Bunda qirq gramli perkussion yoki yog‘och bolg‘acha ishlatiladi. Bu usul asosan mushak kam bo‘lgan joylarda ya’ni singan suyaklarda suyak to‘qimalarini o‘sishini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
5.Tebratish (Vibrasiya). Tebratuvchi harakatlar, maxsus asboblar yordamida to‘qimalarga kichik ritmik harakat bilan ta’sir qilib amalga oshiriladi.
Massaj turli xildagi patologik jarayonlarga turlicha tavsiya qilinadi. Masalan, lat yeyishlarda kasallik boshlanganidan uch kun keyin, tendovaginitlar va bo‘g‘im distorziyalarida 4-5 kundan keyin, bo‘g‘imlar chiqishida 10-12 kundan keyin tavsiya qilinadi.
Massajni bir kunda 1-2 marta 10-15 daqiqa davomida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Massajni kasalliklarning o‘tkir shaklida 10 kun davomida, surunkali kechishida esa 1 oy dan kam bo‘lmagan muddatda qo‘llash tavsiya etiladi.
Elektr toki va nur yordamida davolash.
Minin lampasi. Bu lampa ko‘p qavatli shishadan qilingan bo‘lib ichida qizish kuchi 30-50 Vt. bo‘lgan ko‘mirli ipchalar mavjud. Minin lampasi elektr tokini, 95% issiqlik va 5% yorug‘lik energiyasiga aylantiradi. Lampa, asosan o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarini, infiltratlarni, lat yeyishlarni, furunkul (chipqon), miozitlarni va nevralgiyalarni davolashda qo‘llaniladi. Bunda hayvon tanasidan 5-10 sm uzoqlikda lampani tutib 30 daqiqa davomida qizdiriladi. Davolash uchun uni bir kunda ikki marta qo‘llash tavsiya qilinadi.
Sollyuks lampasi.Bu lampa ichiga azot to‘ldirilgan 300-500 yoki 1000 Vt.li volframli ipdan iborat bo‘lib, uning parabolik reflektori va reostati bo‘ladi. Lampa yordamida 0,5-0,75 m. uzoqlikdan, kuniga 1-2 marta 20-45 daqiqa davomida qizdiriladi. Davolash muolajasi 7-10 kunni tashkil etadi. Zarur bo‘lganda qizil filtr qo‘yilib chuqur organlarda giperimiya chaqiriladi, ko‘k filtr bilan og‘riq qoldiriladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling