«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet14/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Yallig‘lanish turlari.
Yallig‘lanishlar suyuqlikning hosil bo‘lishiga qarab bo‘lishi mumkin: serozli, fibrinozli, yiringli va chirigan. Klinik amaliyotda yallig‘lanishning aralash turlari ham uchraydi, ularga serozli-fibrinozli, yiringli-chirigan va boshqalar misol bo‘la oladi.
Aseptik yallig‘lanishlar.
Bu turdagi yallig‘lanishlar har doim qizarish, mahalliy haroratning oshishi, shish, og‘riq va funksiyaning buzilishi bilan boshlanib, serozli, seroz-fibrinozli va fibrinozli ekssudat hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Serozli yallig‘lanish.
Serozli yallig‘lanish yopiq shikastlanishlarda, kuyishlarda, turli xildagi moddalarni qo‘llagandan keyin va kam virulentli mikroblar bilan ifloslanganda kuzatiladi. U rangsiz yoki loyqasimon seroz suyuqlik hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Seroz suyuqlik 3-5 % oqsil, asosan albumin, vazogen hujayralari va shikastlangan to‘qimalardan ajralgan hujayralardan iborat. Agar seroz suyuqlikda katta miqdorda fibrin saqlansa seroz-fibrinoz yallig‘lanish kuzatiladi. Ayrim hollarda seroz yallig‘lanish yiringli yallig‘lanishga aylanishi mumkin.
Fibrinoz yallig‘lanish.
Fibrinoz yallig‘lanish bo‘g‘im kasalliklarida pay qini, bursa va boshqa sinovial shilliq va seroz qavatlardan (plevra, qorinning ichki qavati va boshqalar) tuzilgan anatomik elementlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Klinik belgilari o‘tkir yallig‘lanishga o‘xshash bo‘ladi, bundan tashqari shish bo‘lgan joyda fibrin to‘planib cho‘kma hosil bo‘lish oqibatida g‘ijirlash kuzatiladi.
Yiringli yallig‘lanish.
Yiringli yallig‘lanish asosan furunkul (chipqon), abssess (huppoz) va flegmona bo‘lgan hayvonlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Furunkul-bu jun o‘zagi, yog‘ bezchasi va ular atrofidagi to‘qimalarning o‘tkir yiringli yallig‘lanishi hisoblanadi. Furunkul bilan kasallangan hayvon tekshirilganda patologik o‘choqda shish, mahalliy harorat, hajmi yong‘oqdek aniq chegaraga ega bo‘lgan qattiq konsistensiyali va palpasiya qilganda kuchli og‘riq kuzatiladi.
O‘tkir formasida furunkul atrofidagi terida shish hosil bo‘ladi. Furunkulda o‘zak paydo bo‘lish arafasida shishning yuqori qismida sariq oq rangda dog‘ paydo bo‘lib, epidermisning yuqoridagi qavati yupqalashadi. Furunkulni ochganda qaymoqsimon oq-sariq rangda yiring chiqadi. Asta sekin yiring tozalaganda shishning o‘rtasida yiringli nekrotik probka-o‘zakni ko‘rish mumkin. Xuddi shunday yallig‘lanishlar abssess va flegmona shaklida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunda yallig‘langan joyda yiringli va nekrotik jarayonlar rivojlanadi va atrof to‘qimalarni shikastlaydi.
Suv bilan davolash (gidroterapiya) deganda davolash maqsadida tashqi tomondan suvni turli haroratlarda qo‘llash tushuniladi.
Xirurgik kasalliklarni davolashda suv, muz, qor va bug‘ holatida qo‘llaniladi. Suv 50S dan past bo‘lsa muzli suv, 150S va undan past bo‘lsa sovuq suv, 230S li salqin suv, 280 - 330S li indiferent suv, 330 - 400S gacha issiq suv, 420S dan yuqori bo‘lsa qaynoq suv deb yuritiladi. Tananing biror joyi sovutilganda qon tomirlar torayadi va qon kelishi kamayadi, buning oqibatida qon oqishi to‘xtaydi, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi pasayadi va yallig‘lanish shishi hosil bo‘lishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi. Bundan tashqari sovutish, nerv to‘qimalarining o‘tkazuvchanligini va qo‘zg‘alishini kamaytiradi, natijada og‘riq kamayadi. Shunday qilib sovuq muolajalar qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etish xususiyatiga ega ekan. Sovuq muolajalar to‘qima ichida qon oqishlarda va operasiyadan keyin qon ketishlarda, o‘tkir aseptik yallig‘lanish jarayonlarida, suyak ustki pardasi va yumshoq to‘qimalarning lat yeyishlarida, bo‘g‘in, pay va pay qinlarning lat yeyishlarida, shuning bilan birga tuyoqlarning o‘tkir revmatik yallig‘lanishlari va otlarning yumshoq tovonining lat yeyishlarida qo‘llaniladi.
Sovuq muolajalarni yiring hosil qiluvchi yallig‘lanish jarayonlariga qo‘llash mumkin emas. Veterinariya xirurgiyasida sovuq muolajalardan quruq sovuq usuli, Leyter nayi, sovutuvchi kompress, oyoq vannalari, loy bilan davolash usullari qo‘llaniladi.
1. Quruq sovuq usuli. Buning uchun rezinali qopga muz yoki qor solinadi, uning ustidan sovuqni kamaytirish maqsadida sochiq yoki doka o‘raladi va 2-8 soat davomida vaqt-vaqti bilan tanaffus qilib, muolaja qo‘lganiladi.
2. Leyter nayi. Bu usuldan hayvon tanasining kattaroq joyini sovutish uchun foydalaniladi. Rezinali yoki alyuminiy nayi spiralsimon qilib o‘raladi, uning spiralsimon qismi hayvon tanasiga bog‘lanadi. Spiralning bir uchi suv quvuri jumragiga, ikkinchi uchi esa yerga tashlab qo‘yiladi. Suv ochilgandan keyin nay orqali o‘tib tananing yallig‘langan joyini sovuta boshlaydi.
3.Sovutuvchi kompress. Buklangan sochiq yoki doka sovuq suvga ho‘llanib yallig‘langan joyga qo‘yiladi va mahkam bog‘lanadi. Sochiqning qizishiga qarab almashtirib turiladi, yallig‘langan joyning mahalliy harorati qancha yuqori bo‘lsa, sochiq shunchalik tez qiziydi. Shuning uchun ham uni tez-tez almashtirib turishga to‘g‘ri keladi.
4. Oyoq vannalari. Bu usul asosan tuyoq va barmoq bo‘g‘imlarini sovutish maqsadida qo‘llaniladi. Buning uchun sovuq suv brezentdan qilingan satil yoki xaltaga solinadi va unga hayvonning oyog‘i tiqiladi, suvning qizishiga qarab (5-10 daqiqa) suv almashtirib turiladi.
5. Loy bilan davolash. Loy issiqlikni o‘ziga ko‘p to‘plash va uni sekin sarflash shu bilan birga gigroskopik xususiyatga ega. Sovuq loy to‘qimalardan issiqlikni sovuq kompressga qaraganda ko‘proq oladi va tez qizimaydi. Qalin qilib surtilgan loy, to‘qimalarni qisadi, natijada to‘qimalardagi qon tomirlarning qon bilan to‘lishi va zo‘riqishi kamayadi. Tuproq sovuq suv bilan aralashtirilib loy hosil qilinadi, sovutishni oshirish uchun 1 litr suvga 1 qoshiq yog‘och sirkasi uksusi solinadi. Hosil bo‘lgan loyni yallig‘langan joyning junlari olinib, 1-2 sm qalinlikda surtiladi.



Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling