«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Uqalash usuli.
Massaj turlari.
1.Silab siypash. Massaj qilishda, patologik o‘choq atrofidagi sog‘lom to‘qimalardan boshlanadi, so‘ngra patologik o‘choq silab siypalanadi va yana massaj sog‘lom to‘qimalarda tugatiladi. Tananing tekis joylarini massaj qilganda, kaft bilan dastlab sekin bosib bir joy massaj qilinadi, keyinchalik bosim kuchi oshirib boriladi. Birdaniga keng joyni silab siypashda, belgilangan joy to‘lig‘icha birdaniga massaj qilinadi. Bunda massajni qayerdan boshlash va qayerdan tugatishga ahamiyat beriladi. Qulni limfa, vena tomirlariga va limfa tuguniga nisbatan qanday holatda tutish, qanday kuch bilan bosishga massajning boshiga, o‘rtasiga va oxiriga e’tibor qaratiladi. Silab siypash usulining qo‘yidagi turlari mavjud: a) kaft usuli – bu usul yordamida asosan hayvon tanasining tekis joylari, ya’ni son, buyin va sag‘rin yuzalari massaj qilinadi. b) krest usuli – bu usulda, barmoqlarni bir-biriga o‘tkazib, kaftlar oralig‘iga aylana shakldagi organlar boldir, tirsak, bilaguzuk sohalari olinib massaj qilinadi. v) ombursimon usul – bu usul yordamida asosan barmoqlarning bukuvchi paylari va uch boshli mushak massaj qilinadi. Bunda payning bir tomoniga massaj qiluvchining ko‘rsatgich va o‘rta barmog‘i, ikkinchi tomoniga bosh barmog‘i bo‘lishi kerak. Massaj qanday boshlanishidan qat’iy nazar, sekin va bir maromda boshlanadi va asta-sekinlik bilan bosim oshirib boriladi. Silashda terida qon aylanishi yaxshilanadi, yog‘ va ter bezlari funksiyasi oshadi va og‘riq kamayadi. Bundan tashqari yallig‘lanish shishi va infiltratlarning so‘rilib ketishiga ijobiy ta’sir etadi. 2.Uqalash usuli. Bir nechta barmoqlar yordamida teri va chuqurda joylashgan to‘qimalar aylanma harakat bilan massaj qilinadi. Uqalashni har xil yunalishda, hatto limfa oqimiga qarshi o‘tkazish mumkin. Bu usulni qo‘llaganda patologik o‘choqdagi chandiqlar, qotib qolgan to‘qimalar yumshaydi. Shuning uchun ham bu usul serofibroz, fibrinozli bursitlarni, sinovitlarni, tendovaginitlarni va yiringsiz yallig‘lanish infiltratlarini davolashda qo‘llaniladi. Yuqordagi massaj turini silab siypash usuli bilan almashtirib qo‘llash, yumshagan va ortiqcha mahsulotlarni so‘rilib ketishini tezlashtiradi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling