«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
3. Ezib yumshatish. Bunda to‘qimalar g‘ijimlanadi, ko‘tariladi, tushiriladi, eziladi va yumshatiladi . Bu usulni qo‘llashdan asosiy maqsad, mushaklarda qon aylanishini tezlashtirish, to‘plangan oraliq mahsulotlardan tozalash, mushak tolalarini qisqarishini kuchaytirish, paylar va chandiqlarning harakatchanligini oshirish va patologik o‘choqdagi to‘plangan keraksiz to‘qimalarni chiqib ketishini ta’minlashdan iborat . Bu usul asosan mushaklar atrofiyasida, falajlanishida, charchashida, paylar va mushaklarda chandiq hosil bo‘lganda qo‘llaniladi.
Ezib yumshatishning qo‘yidagi usullari qo‘llaniladi: a) ishqalash usuli. Bunda oyoqning distal qismi ikkala qo‘l oralig‘iga olinib ishqalanadi. Massajda qo‘llar harakati bir-biriga qarama qarshi harakat qiladi ya’ni o‘ng qo‘l oldinga ketsa chap qo‘l orqaga tortiladi. b) sirpanuvchi usuli. Bu usulda pay yoki tuqima bosh va qolgan barmoqlar oralig‘iga olinib, ozroq bosim bilan oldinga harakatlantiriladi. Bu usul xuddi rezina trubkasi ichidagi suvni siqib tashqariga chiqarish holatiga o‘xshab ketadi. v) qisish usuli. Bunda bir qo‘l bilan mushak va paylar qisib ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan esa uning pasti qisib qo‘yib yuboriladi. Mushak va paylarni ko‘tarishni iloji bo‘lmasa, barmoqlar yordamida qattiq bosilib aylanma harakat qilinadi. 4.Urib qo‘yish. Bu usulda barmoqlar uchi, kaft, musht yoki maxsus asboblar bilan patologik o‘choq va uning atrofi ma’lum vaqt davomida urib-urib turiladi. Urib qo‘yishning qo‘yidagi usullari qo‘llaniladi: a) chopish usuli.Bunda patologik o‘choq va uning atrofiga ikkala qo‘l kaft va barmoqlari, tirsak yo‘nalishida tik qo‘yiladi va navbatma-navbat urib turiladi. Og‘riq kuchli bo‘lmasligi uchun, qo‘llarni ko‘targanda bormoqlar orasi ochiladi, teriga tekkanda ular bir-biriga yaqinlashtiriladi. b) shapillatib urish usuli. Bu usulda kaft va barmoqlar yordamida qisqa-qisqa uriladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling