«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Metastazsiz kechadigan umumiy infeksiya (septisemiya)


Download 228.51 Kb.
bet25/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Metastazsiz kechadigan umumiy infeksiya (septisemiya).
Sepsisning eng og‘ir formasi yoki toksik formasi bo‘lib, u ko‘pincha o‘tkir va yashinsimon kechadi. Bu mikroblarning o‘ziga qaraganda ularning toksinlari va to‘qimalar parchalanishidan hosil bo‘lgan moddalarning naqadar kuchli zaharlash qobiliyatidan dalolat beradi. Ular markaziy nerv sistemasi va organizm himoya faoliyatining kasallik boshlanishidan yengilishini ko‘rsatadi va bu anaerob o‘tkir yiringli jarayon hayvonni o‘limga olib keladi.
Klinik belgilari. Kasal hayvon qattiq jabrlanadi, ko‘proq yotadi, suv ichmaydi va ishtahasipasayadi, tez oriqlaydi, harorat yuqori, doimiy harorat 0,5-0,80S sutkalik tebranishi bilan kechadi.
Otlarda yuqori harorat, qattiq qaltirash va terlash bilan hayvonning ustidan suv qo‘yganday bo‘lib qoladi. O‘limidan oldin harorat tez tushadi, yoki ko‘tariladi, puls ipchasimon, tez-tez nafas oladi, oyoqlari soviy boshlaydi.
Shilliq pardalar rangi pishiq g‘isht rangiga aylanadi. Hayvonda vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘alish va tartibsiz harakat, agressiv holat namoyon bo‘ladi.
Hayvon qusadi, siydik ajralishi keskin kamayadi, qattiq ich ketadi, shu tufayli ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Axlati suyuq-o‘tkir hidli, 2-3 kun ichida hayvon qoq suyakka aylanib qoladi.
Otlarda qaltiroq, harorat ertalab normaga yaqin, kechqurun esa oshadi, birdan keskin o‘zgarish yangi patologik o‘choq hosil bo‘lishidan dalolat beradi.
Qoramollarda – harorat 10S gacha o‘zgaradi va xatarli kechishda 10S keskin tushib, pulsasiyasi bilinar-bilinmas bo‘lib, o‘lim nuqtasiga keladi.
Umumiy yiringli infeksiyani davolash.
Effektiv metodlar topilganicha yo‘q lekin sulfanilamidlar va antibiotiklar paydo bo‘lishi ularni davolab bo‘lmaydi degan nazariyani inkor qildi.
Umumiy infeksiyani davolash dastavval kompleks bo‘lishi shart, u yuqumli mikroblarni o‘ldirishga, toksinlarni neytrallash va organizmdan chiqarib yuborishga qaratilgan bo‘lishi va organizmdagi buzilgan funksional o‘zgarishlarni tiklashga qaratilishi shart.
Davolashni iloji boricha vaqtliroq boshlash zarur, unga mahalliy va umumiy davolash usullari kiradi.
1. Organizm himoya kuchlarini to‘plash, oziqa bilan ta’minlash va asidoz holatini neytrallashga qaratilishi kerak. Bu uchun yengil hazm bo‘ladigan ozuqa yoki unga 0,5% soda eritmasi qo‘shib beriladi. Silos bilan boqish man qilinadi. Vena qon tomiriga 4% li bikarbanat eritmasidan katta hayvonlarga 1 l, qo‘y, cho‘chqaga 5% li - 50 ml, itlarga 10-40 ml yuboriladi.
2. Organizmning reaktivligini oshirish, fiziologik sistemasini aktivligini ko‘tarish va uni oqsil bilan ta’minlash. Sepsis boshlanishi bilan qon qo‘yiladi, uni 1:10 nisbatda 10%li kalsiy xlorid yoki 10%li natriy salisilati bilan aralashtirib yuboriladi. Qon venaga asta-sekinlik bilan katta hayvonlarga 1 l, mayda mollarga 50-100 ml tomchilab qo‘yiladi. Kasal hayvonga 33%li alkogol yuborish katta ahamiyatga ega, uni osh tuzining izotonik eritmasida tayyorlab, yirik hayvonlarga 500 ml yuborish kerak.
3.Organizmning suyuqlik ehtiyojini qondirish uchun infuzion suyuqlik yuborish, plazma va plazma o‘rninibosuvchi suyuqliklar yuboriladi, yirik hayvonlarga 15-16 l (400 kg og‘irlikda).
4.Parabiotik holatdan chiqarish va to‘qimalarda qon aylnishini normal ta’minlash uchun himoya davolash usullari: novokain qamallar xususan Mosin bo‘yicha, kranial, yulduzsimon va boshqa qamal usullari o‘tkaziladi.
5.Organizmdagi infeksiyani bostirish uchun, sepsis bilan xastalangan hayvonga, oldin yuqori dozada antibiotiklar venaga yuboriladi, yuborishdan oldin mikroblarning ta’sirchanligi o‘rganiladi. Antibiotiklardan gentomisin katta hayvonlarga 10 ml 0,25%li novokain bilan aralashtirib yuboriladi. Davolashni yaxshilash uchun keyinchalik sulfanilamid dorilaridan 10%li norsulfazol antibiotigi yuboriladi.
Sepsisni davolashda keng qo‘llaniladigan antitoksik va antimikrob vositalaridan biri «kamfora zardobi» u yurak-qon tomir sistemasini ish faoliyatini yaxshilaydi.
Kadikovning kamforali zardobi kuniga 2 marta, 200-300 ml yirik hayvonlar uchun va 20-30 ml mayda mollar uchun.
6. Jigarning energetik jamg‘armasi yetishmovchiligini to‘ldirish va uning antitoksik va biologik to‘siq funksiyasini tiklash uchun 20%li glyukoza yirik hayvonlar uchun 1000-2000 ml, mayda hayvonlarga 50-100 ml, birinchi kunlari har kuni, so‘ngra ikki kunga 1 marta yuboriladi.
7. Toksinlarni neytrallash va organizmdan chiqarib yuborish, uchun 40%li geksametilentetramin (urotropin) yirik hayvonlar uchun 15-20 g, mayda mollar uchun 0,3-2 g vena qon tomiriga yuboriladi.
8. Simptomatik davolash.
9. Mahalliy davolash.

362. Rp.: Streptomycini 500 000


Jodoformii
Streptocidi albi āā 10.0
Oxytetracyclini 400 000
M.D.S. Antibiotik-streptosid - yodoformli kukun.
Yiringli-nekrotik o‘choqlarga xirurgik ishlov
berilgandan keyin sepish uchun (M.V. Plaxotin)
#
363. Rp.: Novocaini 0.5% - 20.0
Aquae destillatae 200.0 (300.0)
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot, qoramollar tirik vazni 400-600 kg bo‘lganda
vena qon tomiriga novokain qamali uchun (Sepsisda).
#
364. Rp.: Natrii bromidi 10.0 (15.0)
Aquae destillatae 100.0 (150.0)
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.t. d. № 4
S. Vena qon tomiriga bir kunda bir marta.
Qoramol va ot sepsis bo‘lganda.
#
365. Rp.: Penicillini 1 200 000 ED
Solutio novocaini sterilis 0.25% (0.5%) – 300.0 (150.0)
M.D.S. Ot va qoramol vena qon tomiriga sepsis bo‘lganda.
#
366.Rp.: Morphocyclini 0.8-1.0
Sol. glucosi sterilis 5% - 20.0
M.D.S. Vena ichiga. Ot va qoramollarda yiringli
rezorbtiv isitma va sepsisda bir kunda ikki marta (M.V. Plaxotin).
#
367. Rp.: Oleandomycini phosphatis 100 000
D.t. d. № 20 in tabulletis
S. Itga har 6 soatda yarim tabletkadan tana harorati
tushguncha va umumiy holati yaxshilanguncha beriladi.
#
368. Rp.: Oleandomycini phosphatis 2.5 (3.5)
Sol. glucosi sterilis 5% - 2000.0 (3000.0)
M.f. Sol. ex temporae
D.S. Otlarga vena ichiga bir kunda bir marta
umumiy harorati pasayguncha sekin yuboriladi(M.V. Plaxotin).
#
369. Rp.: Rystomycini sulfatis 3 000 000
Sol. novocaini sterilis 0.25% - 100.0
M.D.S. Ot va qoramollarga vena ichiga ertalab va kechqurun
hayvonning umumiy holati yaxshilanguncha yuboriladi (sepsisda)
(M.V. Plxotin).
#
370. Rp.: Camphorae tritae 4.0
Glucosi 60.0
Spiritus aethylici 300.0
Sol. natrii chloridi 0.8%-700.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot, sigirlarga vena ichiga bir kunda ikki marta
250-300 ml dan yuboriladi (I.I. Kadыkov).
#
371. Rp.: Camphorae tritae 3.0 (4.0)
Spiritus aethylici 200.0 (300.0)
Glucosi 80.0 (120.0)
Hexamethylentetramini 10.0 (16.0)
Calcii chloridi cristall. 20.0 (25.0)
Sol. natrii chloridi 0.8%-1000.0 (2000.0)
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Venaga kuniga 250-500 ml ikki martadan 5 kun davomida,
so‘ngra 1-2 kunda bir marta yuboriladi (M.V. Plaxotin).
#
372. Rp.: Natrii thiosulfatis 45.0
Natrii hydrocarbonatis 3.0
Aquae destillatae 150.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Venaga. Ot va sigirga bir kunda 50 ml,
kichik hayvonlarga 3-5 ml dan yuboriladi (M.V. Plaxotin).
#
373. Rp.: Sulfacyli 5.0
Natrii hydrocarbonatis 5.0
Hexamethylentetramini 15.0
Glucosi 50.0
Aquae destillatae 200.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot va sigirga. Vena qon tomiriga (B.M. Olivkov).
#
374. Rp.: Glucosi 80.0
Acidi ascorbinici 1.0 (1.5)
Aquae destillatae 200.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot va sigirga. Kuniga bir marta vena qon tomiriga.
#
375. Rp.: Natrii bromidi 10.0 (15.0)
Glucosi 80.0 (100.0)
Hexamethylentetramini 14.0 (18.0)
Aquae destillatae 500.0-1000.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot va sigirga kuniga bir martadan vena qon tomiriga,
yiringli-rezorbtiv isitma va sepsisda qo‘llaniladi.
Itlarga 50.0-100.0 (M.V. Plaxotin).
#
376. Rp.: Natrii hydrocarbonatis 40.0 (500.0)
Hexamethylentetramini 12.0 (16.0)
Glucosi 80.0 (100.0)
Aquae destillatae 500.0 (1000.0)
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Ot va sigirga kuchli asidoz holatida (M.V. Plaxotin).
#
377. Rp.: Jodhyoersoli 10.0 (20.0)
M.f. pulvis
D.S. Ot va sigirga har kuni 3-5 kun davomida.


Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling