«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning o‘tilish uslubi
- Infeksiya
- . Mikroblar bilan ifloslanish(Contaminatio)
- Mikroflora(microflora)
7-Mavzu: JARROHLIK INFEKSIYASI.
Darsning maqsadi. Talabalarni xirurgik infeksiya, sepsis to‘g‘risida ularning klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish. Jihozlar, asbob-uskunalar, hayvonlar. Issiq suv, sovun, sochiq, tog‘ora, qo‘lni va operasiya maydonini yuqumsizlantirish uchun dezinfeksiyalovchi moddalar, qaychi, poki yoki ustara, spirt, paxta, paxtali cho‘pcha, yod nastoykasi, 1:1000 furasilin, 1:5000 rivonol, antibiotiklar, sulfanilamidlar, tampon, doka, shpris, 0,5% li novokain, kasal hayvonlar. Darsning o‘tilish uslubi. O‘qituvchi 10-15 minut davomida xirurgik infeksiya, sepsis uni etiologiyasi, klinik belgilari, diagnoz va davolash to‘g‘risida tushuntirib beradi. So‘ngra talabalar o‘qituvchi rahbarligida kasal hayvonni ko‘rikdan o‘tkazadilar. Bunda hayvonning nafas olishi, tana harorati, tomir urishini tekshiradilar, yurak va o‘pkani eshitib ko‘rib hayvonning shilliq qavatlarini, limfa tugunlarini, mahalliy infeksiya o‘chog‘ini tekshiradilar, uni klinik belgilari bilan tanishadilar, diagnoz qo‘yib davolash usullarini ko‘rsatadilar. So‘ngra ikki talaba septik o‘choqni tekshiradi va unga kimyoviy, mexanik antiseptikani qo‘llaydi. Infeksiya – (infectio) – yuqish yoki kasallik chaqiruvchi mikroblardir. Birinchi marta xirurgik infeksiyaga uning organizmda chaqiradigan o‘zgarishlariga qarab B.M.Olivkov tomonidan ta’rif berilgan. Xirurgik infeksiya deb – organizmga aktiv yoki passiv yo‘l bilan o‘rnashib taraqqiy qilib kasallik chaqiruvchi mikroblarga aytiladi. M.V.Plaxotin tomonidan xirurgik infeksiya qo‘yidagicha ta’riflangan. Mikroblar, viruslar, zamburug‘lar organizmga tushishi natijasida paydo bo‘ladigan mahalliy va umumiy kasallik bo‘lib, uni davolashda xirurgik usul bilan antibiotik va sulfanilamidlarni qo‘llaganda yaxshi natija beradigan prosesslarga xirurgik infeksiya deb aytiladi. Xirurgik infeksiya mahalliy boshlanib, asosan bezarar yiringli xarakterga ega bo‘ladi. Shikastlanish va jarohatlardan keyin rivojlanadi, davolashda xirurgik usullar bilan oson davolanadi. Xirurgik infeksiyaning rivojlanishi organizmning ta’surotlarini qabul qilish xususiyatiga, mikroblarning patogenlik, virulentlik kuchiga va patologik o‘choqning joylashgan joyiga bog‘liq bo‘ladi. Xirurgik infeksiya organizmga tushib rivojlanishida qo‘yidagi bosqichlarni bosib o‘tadi. 1. Mikroblar bilan ifloslanish(Contaminatio). Mikroblar bilan ifloslanish 2 xil bo‘ladi. a) birlamchi ifloslanish – bunda jarohatlar, oqmalar va yaralarda ifloslanish ular atrofidagi mikroblar va shikastlovchi jismlardagi mikroblar hisobiga amalga oshadi. b) qayta ifloslanish – bunda kasallik sog‘ayib ketish arafasida yana unga mikroblar bilan zararlanish. 2. Mikroflora(microflora). Mikroflora deb – yaralar, jarohatlar, oqmalar va boshqa patologik jarayonlarda moslashgan mikroblar guruhiga aytiladi. Bu mikroblar asosan o‘lgan to‘qimalarda yashab, o‘zidan ferment ajratadi va o‘lgan to‘qimalarni suyultiradi. 3. Infekt (infekt). Infekt – bu mikroblar bilan ifloslanish va mikrofloraning patogenlari bo‘lib, jarohat shart-sharoitlariga moslashgan, tez rivojlanadigan o‘zidan ferment va zahar ajratib sog‘lom to‘qimalarni oson shikastlaydigan va organizmga funksional o‘zgarishlar olib keladigan mikroblarning doimiy tarkibi hisoblanadi. 4. Infeksiya (infektio). Infeksiya – bu murakkab patologik jarayon bo‘lib, u makro va mikroorganizmning simbioz yashash faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi yoki qisqacha qilib aytganda murakkab patologik jarayon bo‘lib, infekt tomonidan keltirib chiqarilgan funksional va morfologik buzilishlarga makroorganizmning javob reaksiyasi hisoblanadi. Infeksion jarayonlarni keltirib chiqaruvchi mikroblar tarkibiga qarab qo‘yidagilarga bo‘linadi: 1. Aerob yiringli infeksiya (kislorodli). Agar jarohatlarga aerob mikroblar mavjud bo‘lsa yiring hosil qiladi va organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi. Bularga ho‘ppoz, flegmona, furunkul (chipqon) va boshqalar kiradi. 2. Anaerob infeksiya (kislorodsiz). Anaerob mikroblar asosan chirish jarayonlarini kuchaytiradi, organizm to‘qimalarida nekroz keltirib chiqaradi. (Gazli gangrena, gaz flegmonasi va boshqalar). 3. Maxsus xirurgik infeksiya. Aktinomikoz, botrimikoz, aktinobasillez, manqa, tuberkulez, brusellez va qotma kasalliklari kiradi. Umumiy xirurgik infeksiya sepsis (qonda mikroblar va toksinlar bilan zaharlanish) formasida namoyon bo‘ladi. Uning kelib chiqishiga mahalliy infeksion jarayon va yiringli-rezorbtiv isitma asos bo‘ladi. Rezorbsiya so‘zi – mikroblarning, mikrob zaharining va to‘qimalar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan zaharli moddalarning so‘rilishi va ko‘p miqdorda yiringlash orqali oqsillarni yo‘qotish tushuniladi. Yiringli – rezorbtiv isitmasini yopiq-rezorbtiv isitmadan ajrata bilish zarur, bunda faqat to‘qimalar parchalanishidan hosil bo‘lgan zaharli moddalargina so‘riladi va umumiy temperaturaning oshib ketishi, nervreflektor, endokrin va trofik funksiyalarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Yiringli-rezorbtiv isitmasida esa, nafaqat to‘qimalar parchalanishdan hosil bo‘lgan zaharli moddalar balki infeksion jarayonning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Yiringli-rezorbtiv isitma kechish darajasi mikroblarning virulentlik kuchiga, patogenligiga, uning generallashuviga bog‘liq bo‘ladi. Sepsis – qiyin qaytadigan yuqumli toksik jarayon bo‘lib, organizmda chuqur nerv va distrofik o‘zgarishlarga olib kelib, uni funksional holatini keskin og‘irlashtiradi, hamma organlarni funksional holatini izdan chiqaradi va birlamchi yiringli-o‘choqda mikroblarning generallashuvi natijasida hosil bo‘ladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling