«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Kuydirish uchun ishlatiladigan asboblar


Download 228.51 Kb.
bet21/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Kuydirish uchun ishlatiladigan asboblar. Eng oddiylari temir kuydirgichlar bo‘lib, uchlari har xil shaklda bo‘ladi, uzun dastasiga berkitilgan yog‘och tutqichdan iborat. Bu kuydirgichlar taqachilik ustoxonasida yoki boshqa qizdiruvchi manbalar yordamida kerakli darajagacha qizdiriladi. Termokauterning qizish haroratini, uning rangiga qarab aniqlaydi. Qo‘ng‘ir-qizil rang 600-700 oS, to‘q-qizil rang 700-800 oS, to‘q-sariq (apelsin rang) 800-900oS da bo‘ladi. Past darajali qizdirish bilan kuydirilganda, kuchli og‘riq kuzatiladi. To‘q-qizil ranggacha qizdirib kuydirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda elektrokauterlardan ko‘proq foydalaniladi. Ular maxsus tutqich va reostatlar yordamida jihozlangan.
Kuydirish texnikasi. Kuydirish o‘tkazishdan oldin, to‘qimalarga o‘tkazuvchanlik og‘riqsizlantirish, shakkok (qiziqqon) hayvonlarga yengil narkoz qo‘llaniladi. Sharoitga qarab hayvonni tik turgan holda fiksasiya qilinadi. Operasiya maydonini tayyorlashda efirli va spirtli eritmalar qo‘llanilmaydi.
Qizdirilgan termokauterni to‘qimalarga qattiq bosmasdan, teriga perpendikulyar yo‘nalishda uning uchi tegiziladi. Kerakli darajadagi kuyishni chaqirish uchun, bir joyga uning uchi bir necha marotaba tegiziladi: birinchi darajali kuydirishda 8-10 marta, ikkinchi darajali kuydirishda 12-15 marta: uchinchi darajali kuydirishda 18-20 marta (I.D.Medvedev), har bir keyingi tegizish, kuydirilgan to‘qimalar sovugandan keyin bajariladi. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, u yoki bu darajada kuydirishga erishish, tegizish soniga bog‘lik bo‘lmay, birinchi navbatda hayvonning shaxsiyat (individual) holatiga, teri qalinligiga, patologik jarayon xarakteriga, termokauter haroratiga va uni to‘qimalarda harakatlantirish tezligiga bog‘liqdir. Shunday qilib kuydirish darajasini, har bir alohida hodisada, to‘qimalarda kechayotgan o‘zgarishlarga qarab belgilash taklif qilinadi. Kuydirish orqali kuchli yallig‘lanish reaksiyasi chaqirishga harakat qilmaslik ma’qul, chunki Yu.N.Davidov va V.M.Borisovlarning ko‘zatishlariga qaraganda, o‘rtacha reaksiya yaxshi davolavchi natija beradi.
Reaksiya sekin kechganda, kuydirilgan joyga 10% li qizil simobli malham surtish orqali kuchaytirish mumkin. Termokauterizasiya o‘tkazilgan joyga Vishnevskiyning balzamli malhami surtilib, aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Hayvonning umumiy holati kuzatilib turiladi. Yallig‘lanish shishi 3-5 kunga borganda yaxshi rivojlanadi. II-III chi darajali kuyiщda chandiq hosil bo‘lib, jun o‘sish yo‘nalishlari o‘zgaradi. Kuydirish ijobiy natija bermasa, 2-6 haftadan keyin yana takrorlanadi.

9.1. Rp.: Xeroformii 5.0


Bals. Peruviani 20.0
OleiRicini 100.0
M.D.S. Suyuq № 1 Vishnevskiy malhami
#
9.2. Rp.: Picis liquidae 3.0
Xeroformii 5.0
Olei Ricini 100.0
M.D.S. A.V. Vishnevskiy № 3 balzamli
Liniment

9. 9.3. Rp.: Ung. Hydrargyri bijodati rubri – 10%


D.S. Kuydirilgan joyga surtish uchun




Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling