«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallik to‘g‘risida tushuncha
- . Kasallik patogenezi
- Patologik o‘choqning anatomo-topografiyasi va kasallikning turli bosqichlarida klinik belgilari.
- Diagnoz va uni asoslash
- Differensial (qiyosiy) diagnozi
- Davolashni asoslash
- Asoratni oldini olish va ushbu kasallikga umumiy profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqish .
Kuratorlar hayvon organizmini alohida sistemalar buyicha tekshirganlarida fiziologik holatlarning o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Kasallikning etiologiyasini o‘rganishda, kasallik sababi va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar hisobga olinadi. Klinik belgilarini yozishda, tekshirilayotgan hayvonda kuzatilgan belgilarni ko‘rsatib o‘tish kerak. Kasallik patogenezida hayvonning umumiy holati, undagi o‘zgarishlar inobatga olinadi. Diagnoz asosan anamnez ma’lumotlariga, klinik belgilariga, qo‘shimcha va maxsus tekshirish natijalariga ko‘ra bundan tashqari differensial diagnoz qo‘yiladi. Kasallik oqibati (prognoz) hayvonning umumiy holati, davolash natijasi, oziqlantirish va klinikadan chiqargandan keyin hayvonni saqlash ta’siriga qarab aniqlanadi. Davolash uchun asosan mukammal va maqsadga muvofiq usullar tanlab olinadi. Kasallik tarixida, epikrizga alohida ahamiyat berish kerak. Epikriz - (grekcha epikrino - yechish, tasdiqlash, hal qilish). Kasallikning kelib chiqishi, kechishi, davolash xarakteri va oxirgi natijalar haqida mulohaza (fikr) yuritish. Epikriz yozishda talaba kurator kasallikni aniqlashi lozim va uni ma’lum klassifikasiya(tasniflanish) buyicha kasalliklar guruhiga qo‘shishi kerak. To‘g‘ri diagnoz qo‘yib, davolash uchun mukammal va maqsadga muvofiq usullarni qo‘llab va shu bilan birga kasallikni oldini olishning afzal usullarini asoslashi kerak. Epikrizda qo‘yidagi qismlar bo‘lishi kerak: Kasallik to‘g‘risida tushuncha. Kasallik etiologiyasi. Patogenezi. Patologik o‘choqning anatomo-topografiyasi va kasallikning turli bosqichlarida klinik belgilari. Tashhis qo‘yish va uni asoslash. Differensial (qiyosiy)tashhisi. Davolashni asoslash. Asoratni oldini olish va ushbu kasallikga umumiy profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish. Xulosa. 1. Kasallik to‘g‘risida tushuncha. Bunda kasallikka ta’rif beriladi. Masalan: abssess, bu organ yokito‘qimalarda bo‘shliq hosil bo‘lib yiring to‘planishi, uning devorini granulyasion to‘qimalar tashkil etib, chegaralangan yallig‘lanish jarayoni hisoblanadi. 2. Kasallik etiologiyasi. Adabiyot va kasallik kechishi ma’lumotlariga tayanib, shu kasallikni chaqirishi mumkin bo‘lgan omillar aniqlanadi, so‘ngra anamnez ma’lumotlari, klinik va laboratoriya tekshirishlariga asoslanib kasallikni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar aniqlanadi. Agar sababi aniqlansa u kengroq qilib yoziladi, aniq bo‘lmasa uni chaqirishi mumkin bo‘lgan sabablar yoziladi. 3. Kasallik patogenezi. Adabiyot ma’lumotlariga tayanib kasallik belgilari paydo bo‘lgandan boshlab, laboratoriya tekshirishlari, ya’ni qon, siydik, axlat, sinovial suyuqlik, biopsiya va rentgenografiyaga asoslanib kasallikni kechishi va rivojlanishi yoziladi. Kasal hayvon qabul qilinganda kasallik qanday bosqichda ekanligi va davolash ishlari amalga oshirilgandan keyin kasallik kechishiga va hayvon mahsuldorligiga qanday ta’sir etganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, etiologik omillar va patogenez ma’lumotlariga asoslanib, kasal hayvonga kompleks davolash usullarini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi. 4. Patologik o‘choqning anatomo-topografiyasi va kasallikning turli bosqichlarida klinik belgilari. Kasal hayvonni klinik tekshirish davomida patologik jarayon kechayotgan joyni anatomo-topografiyasiga ta’rif berish va aniqlash katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun patologik jarayon kechayotgan joyning anatomo-topografiyasi batafsil o‘rganilib kengroq qilib yoziladi, unda kaysi organ va to‘qimalarning shikastlanganligi aniq yozilib, bundan keyingi davolash ishlari qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida uylab ko‘riladi. So‘ngra kasallikning belgilari adabiyot ma’lumotlariga va kechayotgan patologik jarayonning holatiga qarab yoziladi. Bunda shu kasallikga xos bo‘lgan umumiy va mahalliy o‘zgarishlar tahlil qilinib, qo‘shimcha ravishda laboratoriya tekshirishlari, rentgenografiya, fistulografiya, hayvon harorati, nafas olishi, pulsi va hayvonning umumiy holatlariga asoslanib klinik belgilar aniq yozib boriladi. 5. Diagnoz va uni asoslash. Epikrizning bu bo‘limida talaba-kurator diagnozni to‘g‘ri qo‘yganligini asoslab beradi yoki qo‘shimcha anamnez ma’lumotlariga, klinik belgilariga va boshqa laboratoriya tekshirishlariga asoslanib o‘zgartirish kiritadi. Shu bilan birga differensial diagnostikani laboratoriya tekshirishlarini, patologik jarayonning topografik tizimini, morfologik va funksional o‘zgarishlarini taqqoslab, kasallikning klinik belgilarini tahlil qilib xulosa qiladi. 6. Differensial (qiyosiy) diagnozi. Bir-biriga xarakteri jihatidan o‘xshash bo‘lgan kasalliklar klinik belgilari yoziladi. Boshida bu kasalliklarga xos bo‘lgan klinik belgilar yoziladi, so‘ngra ularni ajratuvchi belgilar yoziladi, shu belgilarga asoslanib kurasiya qilinayotgan hayvon kasalligi ajrim qilinadi. Kasallik oqibati. Qo‘yilgan diagnozga, klinik belgilarga, kasallik kechishiga, laboratoriya tekshirishlariga va kasallik asoratiga qarab aniqlanadi. Kasallik oqibatini asoslashda, kelgusida hayvonda morfologik va funksional o‘zgarishlarning qanday tiklanishi va hayvon tuzalgandan keyin xo‘jalik iqtisodiyoti talablariga javob berish yoki bermasligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 7.Davolashni asoslash. Davolash ishlari qanday amalga oshirilsa xudi shu tartibda yozib boriladi. Kasallikning kechish xarakteri, davri va adabiyotlarda keltirilgan davolash usullariga asoslanib, talaba-kurator farmakologik va biologik dori-vositalar yordamida davolash usullarini tanlab u yoki bu davolash usullarini nima uchun saylab olganligi tug‘risida o‘z fikrlarini yozadi. Davolash uchun tanlab olingan dori moddalari va usullarning kasal hayvonlar organizmiga umumiy va mahalliy ta’sir mexanizmi to‘g‘risida kengroq yoritish kerak. Ular asosan mikroblarga va ular ajratgan zaharli moddalarga qarshi ta’sir etishi, organizmni o‘lgan to‘qimalardan tozalashi, immunobiologik reaktivlikni oshirishi, retikuloentotelial sistema va regenerativ tiklanish jarayonlari faoliyati aktivligini oshirishi, shu bilan birga barcha organlar ishini yaxshilashi lozim. Agar kasal hayvonda operasiya o‘tkazilsa, qo‘llanilgan xirurgik usullarning afzalligi asoslab beriladi. Bunda operasiya rejasi tuzilib, og‘riqsizlantirish va narkoz, operativ yondoshish shu bilan birga operasiya davomida kuzatilgan o‘zgarishlar yozib boriladi. Shu bo‘limda kasal hayvonni saqlash, oziqlantirish va parvarishlash ham asoslab beriladi. So‘ngra qo‘llanilgan davolash muolajalarining natijalari va kasallikning kechishi to‘g‘risida qisqacha xulosa beriladi. Agar hayvon o‘lib qolsa, unga sabab bo‘lgan omillar aniqlanadi. 8. Asoratni oldini olish va ushbu kasallikga umumiy profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqish. Kasal hayvonni va adabiyot ma’lumotlarini o‘rganish asosida, talaba-kurator kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va bu tadbirlarning afzalliklari to‘g‘risida fikr yuritadi. Agar asoratlarni oldini olish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar mukammal bo‘lmasa, unda asoratlarni oldini olishda yana nima ishlarni amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kasallikni oldini olish chora-tadbirlari, adabiyot ma’lumotlariga, xo‘jalikda hayvonlarni saqlanishi va ulardan foydalanish xususiyatlariga shu bilan birga anamnez mu’lumotlari buyicha kasallikni keltirib chiqargan omillarga asoslanib ishlab chiqiladi. Bunda birinchi umumiy profilaktika chora-tadbirlari, ya’ni hayvonni parvarishlash, saqlash va foydalanishdagi kamchiliklar bartaraf qilinadi, so‘ngra xususiy (profilaktika) chora-tadbirlari, qaysikim kasallikni keltirib chiqargan aniq sabablar aniqlanadi va uni oldini olish chora-tadbirlari ko‘rsatiladi. Umumiy va xususiy (profilaktika) chora-tadbirlari asosida, xo‘jalikda uchraydigan kasalliklarni oldini olish to‘g‘risida aniq tavsiyalar beriladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling