RAHMATJON NIYOZMETOV @TARIXCHI.UZ QULAY KITOBCHA
Choch va
Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib,
sug‘orma dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik va savdo yuksak darajada bo‘lgan.
Karvon
yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va
Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib,
shaharlar aholisining ko‘payishiga imkon bergan.
Boshqaruv ma’muriyati. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida ma’lum
tartibdagi boshqaruv ma’muriyati tashkil topgan edi. Boshqaruv ma’muriyatining asosiy
vazifasi ⦁
fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, ⦁
jamoat ishlariga
ularni safarbar etishdan iborat bo‘lgan. Kirimchiqimlar
aniq va ravshan qayd etilib,
hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, muhr bilan tasdiqlab qo‘yilgan.
Shahar me’morchiligi. V–VII asrlarda O‘rta Osiyoda,
bir tomondan, ⦁
yerga egalik
qilish munosabatlarining o‘rnatilishi va mustahkamlanib borishi,
ikkinchi tomondan, ⦁
ko‘chmanchi chorvadorlarning kirib kelishi va o‘troqlashuvi shahar va qishloqlarning
qiyofasi hamda aholisining turmush tarzi va ijtimoiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ziroatkor
yerlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta’minoti tubdan
yaxshilandi. Tog‘oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi.
Shaharlar aholisi ko‘paydi.
Qishloqlarda “ko‘shk”,
“qasr”,
“qo‘rg‘on” va
“qo‘rg‘oncha” kabi istehkomli turarjoylar qad ko‘tardi. Istehkomli qasr, qo‘rg‘on va
ko‘shklar asosan ⦁ tashqi dushman hujumiga
qarshi mudofaa inshooti, ⦁ chokarlar
to‘planadigan joy, ⦁ ma’muriy markaz hamda ⦁ oziq-ovqat va qurol-yarog‘ saqlanadigan
ombor vazifasini o‘tagan.
O‘rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‘lgan. Ular
“ko‘handiz”,
“shahriston”,
“rabot” deb yuritilgan. Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan
o‘rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib
o‘tgan
anhor xandaq vazifasini bajargan. O‘rta asrlarda yasha gan arab mualliflari
(Ibn
Xavqal va Ishtaxriy) qayd etishicha, birgina
Binkat (Toshkent)ning
yigirma ikkita
darvozasi bo‘lgan.
Muallif: Rahmatjon Niyozmetov
Kanalimizga a’zo bo’ling: @TarixchiUz
Murojaat uchun: @NR_prod
Tel: 998937552291
* Ixshid – viloyat hokimi
* Ko‘handiz (ark) – shaharning hokim qasri joylashgan qismi
* Rabot – shaharning tashqi mavzesi
* Shahriston – shaharning ichki qismi