Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2019 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6(2)/2020


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/159
Sana28.12.2022
Hajmi1.59 Mb.
#1014296
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159
Bog'liq
2020-6 2

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6(2)/2020
35
style is Babur Mirza”. Tarjimasi quyidagicha: “podshoh- bu himoya qiluvchi janob, oliy maqomdagi 
kishi. Agar biz podshoh so`zini „king”- “qirol” yoki “emperor”- “Imperator” so`zlari bilan tarjima 
qilganimizda anaxronizmga yo`l qo`ygan bo`lar edik, chunki Temuriylar a’zolari Mirzo maqomida 
bo`lishgan. 1507-yilgacha ham Boburning nomi Bobur Mirzo nomi bilan murojaat qilingan”. Bu yerda 
tarjimon nafaqat nomni umumiylashtirish orqali bergan, balki unga izoh berib, kitobxonning tasavvurini 
boyita olgan. 
Xuddi shu misolimizda ramazon oyi haqida gap ketadi. Asliyatda ramazon deb yoziluvchi bu 
so`z musulmon ahliga juda ham tanish bo`lgan oy nomi, ya’ni ro`za oyidir. Ushbu oy barcha oylar 
ichida eng muqaddasi hisoblanadi. Tarjimon ham bu oy nomini atoqli ot sifatida “Ramzan” ko`rinishida 
berib, ushbu xalqlar diniy qarashlarini alohida e’tiborga olganliklarini ko`rishimiz mumkin.
“Yana biri O`sh qasabasidur, Andijonning sharqi janubiy tarafidur, sharqqa moyil, Andijondin 
to`rt yig`och yo`ldur….” [2] 
“Again, there is Aush (Ush), to the south-east, inclining to east, of Andijan, and distant from it 
four yighach by road…” (3, 4-bet) 
Asliyat tilida yig`och bu masofa o`lchovchi. Bir yig`och hozirgi 8 km ga teng o’lchov birligi 
hisoblanadi. Andijondan O`sh shahri to`rt yig`och hisob qilingan [4]. Tarjima tiliga o`girganda 
Ujfalviga ko`ra bu so`zga ekvivalent sifatida farsang so`zi bilan mos tushishini, lekin u 6 km ekanligini 
hisobga olgan holda tarjimon bu so`zni transkripsiya qilish orqali tarjima qilganligini maqsadga 
muvofiq ekanini izohlab o`tib ketadi: “ …. Ujfalvy also takes the yighach and thefarsang as having a 
common equivalent of about 6 kilometres. Babur’s statements in yighach however, when tested by 
ascertained distances, do not work out into the farsang of four miles or the kilometer of 8 kil. to 5 
miles…..”. Annet Beverij o`z to`xtami haqida dalillar bilan berib, tanlangan so`z variantining naqadar 
to`g`ri ekanligini ko`rsatib beradi: “In the present instance, if Babur’s 4 y. equalled 4 f. the distance 
from Aush to Andijan should be about 16 m.; but it is 33 m .” tarjimasi: “Agar yig`och va farsang bir xil 
ekvivalent qilib olinadigan bo`lsa, Andijon va O`sh orasi 16 milga teng bo`lishi kerak bo`lgan, lekin 
aslida masofa 33 milni tashkil etadi”. 
“ Andijon rudi O`shning mahallotining ichi bila o`tub, Andijong`a borur….” 
“The Andijan torrent goes to Andijan after having traversed the suburbs of Aush…” 
Yuqorida keltirilgan jumlalarga e’tibor bersak, arxaik realiyalarga xos rud so`zi anhor ma’nosida 
qo`llanilgan bo`lib [4], tarjima tilida esa ma’nosi uncha yaqin bo`lmagan leksik birlik torrent so`zi 
orqali bayon etilgan. Aslida bizga torrent so`zining kuchli oqim, sel kabi ma’nolari borligi ma’lum. 
Inglizcha ta’riflarda ham unga “a large amount of water moving very quickly and strongly in a 
particular direction, flood” [5], ya’ni “ma’lum yo’nalishda juda kuchli va juda tez harakatlanuvchi katta 
miqdordagi suv, daryo” tarzida tarjima qilinadi. Asliyatda nazarda tutilgan ma’nodan yiroqlashuv 
natijasida ingliz kitobxoni ko`z oldida Andijonning tabiati haqida biroz o`zgartirilgan manzara 
gavdalanishi mumkin. Bu jihatdan olganda, tarjima tilida unchalik katta farq bo`lmasa-da, asliyatdagi 
ma’nosi to`la saqlanib qolishi talabi yuzasidan tarjimondan so`z tanlashda o`ta ehtiyotkorlikni talab 
etadi.
Xulosa qilib aytganda, realiyalar asar tarjimasida shunday o`ziga xos mas’uliyat va zehn, idrok 
bilan yondashiladigan leksik birliklar bo`lib, adabiyotimizda xalqlar turmush tushunchalarini ifoda 
etadigan xususiyatiga ko`ra har bir mutarjim tarjima jarayonida ularning adekvat talqinini bera olish va 
asl nusxa milliy xususiyatlarini kitobxonga butunligicha yetkazib bera olish eng mas’uliyatli va o`ta 
mushkul masalalardan biri ekanligini anglagan holda ishga kirishishi lozim bo`ladi. Bunday talablarga 
to`laqonli javob bera oladigan asarlar tarjimalari bugungi kunda ko`plab uchramoqdaki, biz yuqorida 
buni “Boburnoma” asari va uning tarjimasi misolida guvohi bo`ldik. Tarjimashunoslikda bunday 
samarali yutuqlarga erishilayotgani tarjimonlarning shu xalqlar hayot tarzi va dunyoqarashi, lug`at 
boyligining ma’noviy farqlaridan ancha xabardor ekanligidan dalolat beradi. Tarjimonlar tomonidan 
qilinayotgan ishlar esa xalqlar orasida siyosiy, iqtisodiy, geografik va madaniy bilimlarning oshishi va 
bu orqali ular orasida aloqalarning kengayishiga vosita bo`lib xizmat qiladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling