Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________ 
9
madaniy, diniy omillar sabab yuz berib kelgan, yuksalib borgan. Yoki aksincha qator geografik 
omillar sabab inqirozli davrlarni boshidan kechirgan. Natijada ushbu ko‘rinishdagi rang-barang 
tusdagi omillarning rolini, ahamiyatini tahlil qilish, shuningdek ularga egalik qilish, nazoratda 
ushlash muhim strategik vazifa sifatida qarala boshlandi.
Dastlabki sivilizatsiyaga asos solgan qadimgi Yunon va Rumdagi mutafakkirlar ham 
davlatchilik takomilida geografik omillar roliga keng e’tibor berishgan. Bu davr vakillaridan biri 
Strabon edi. Milodgacha bo‘lgan birinchi asrda yashab o‘tgan Strabon o‘z vaqtida siyosat davlat, 
davlat boshqaruvi uchun qanchalik muhim bo‘lsa geogarfik omil ham shunchalik muhimligiga e’tibor 
qaratgan edi. Siyosat va geografiya o‘rtasidagi vositachilar sifatida hukmdorlarni qayd etadi. 
O‘zining mashhur “Geografiya” asarida o‘zidan oldingi geograflarning ta’limotini boyitgan holda yer 
yuzasini quruqlik va uni o‘rab turuvchi dengizlarga ajratadi. Quruqlikni o‘z navbatida Shimoliy va 
Janubiy yarim sharga bo‘ladi. Shuningdek beshta iqlim mintaqalariga ajratadi. Ularni yashash uchun 
qulay va noqulay jihatlarini keng tahlil qiladi[2]. Albatta bu nazariyalar yunon koloniyalari tashkil 
etilishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek Qadimgi Rim mutafakkirlari ham siyosat va geografiya munosabatlariga katta 
e’tibor bilan qarashgan. Mashhur notiq, huquqshunos Mark Tulliy Sitseronning ta’kidlashicha o‘z 
paytida Romul ham Rim shahriga munosib joy tanlagan. Shuningdek tanlangan hudud faqatgina 
bebaho ne’matlar makoni bo‘lib qolmasdan, ayni damda mamlakat himoyasida, shuningdek ittifoqchi 
davlatlarga ham quruqlikda, ham dengizda yordam berishga qulay bo‘lmog‘i lozimligini uqtiradi[3].
Makedoniyalik Aleksandr saltanatining tanazzuli davrida yashagan yunon tarixchisi, strategi 
Polibiy o‘z asarlarida Rimning kuchayishi sabablarini, uning harbiy qudratini Italiyaning joylashgan 
qulay o‘rni, iqlimi, unumdor yerlari kabi omillardan izlaydi. Shuningdek Polibiy Rimning boshqaruv 
tizimiga alohida e’tibor qaratadi: konsullar monarxiyaga asoslangan, senatorlar aristokratik, xalq 
yig‘ini esa demokratik qadriyatlarga asoslangan hokimiyatga ega [4]. Shu tariqa Rimning har bir 
fuqarosi daflat boshqpruvida faol ishtirok etish imkoniga ega. 
Qadimgi yunono mutafakkiri Fukidid (m.av 460-396) Afinada aslzodalar oilasida tug‘ilgan. 
Ota tmonidan Frakiya podsholari xonadoniga mansubligi aytiladi. Fukidid o‘z vaqtida davrining 
mashhur olimlari, faylasuflari Anaksagor, Protagor, Georgiy, Antifontlarning ma’ruzalarini 
tinglagan. Afina dengiz ittifoqi va Sparta boshchiligidagi Peloponnos ittifoqi o‘rtasida 36 yil davom 
etgan Peloponnes urishi davrida Fukidid strateglar kollegiyasi a’zosi edi. U Frakiyadagi birlashgan 
qo‘shin qo‘mondoni bo‘ladi. Strateg sifatida qo‘pol xatosi sabab Afinada quviladi, yigirma yildan 
so‘ng vataniga qaytishga erishadi. Quvg‘inda bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q bo‘lsada, 
taxminlarga qaraganda Fukidid O‘rta yer dengizigi mamlakatlari bo‘ylab sayohat qiladi, ularning 
geografiyasi bilan chuqur tanishadi. 
Frakiyaga qaytgach o‘zining mashhur “Tarix” asarini yozib uni Peloponnes urushiga 
bag‘ishlaydi. U ushbu asarida global darajadagi emas, mintaqaviy muammoni tadqiq etgan bo‘lsada 
bu asarning geosiyosiy ahamiyati katta edi. Bu urush yunon polislarining xalqaro maydondagi, avvalo 
O‘rta yer dengizidagi mavqeiga katta putur yetkazdi. Dengiz savdosidagi gegemonlikka chek 
qo‘yildi. Yunon polislarining keyingi tarixiy taraqqiyotiga, ularning xalqaro maydondagi mavqeiga 
salbiy ta’sir qildi. Yunon tarixchilari orasida birinchi bo‘lib tarixiy jarayonlarga pragmatik nuqtai 
nazardan yondashdi. U tarixga siyosiy, siyosiy-harbiy, harbiy to‘qnashuvlar tizimi sifatida qaradi
tarix bu avvalo tashqi siyosat, harbiy tarix ekanini uqtiradi. Shuningdek harbiy dengiz qudratiga 
alohida e’tibor qaratishni ilgari suradi. Ma’lumki Yunon-fors urushida ham asosiy masalani dengiz 
kuchlari hal qilgani bu fikrning isbotidir.
Qadimgi yunon faylasufi Ksenofont (m.av. 430-370) Afinada boy aslzodalar oilasida tarbiya 
topgan. Bu paytda Afinaning “oltin davri” tugab Elladani turli ichki harbiy to‘qnashuvlar qamrab 
olgan edi. Yuksak sanoatga, erkin savdo munosabatlariga asoslangan, madaniy yuksak, demokratik 
qadriyatlarga boy Afina bilan ikkinchi tomondan oligarxik, konservatizm an’analariga moyil bo‘lgan 
Sparta o‘rtasidagi urushda Ksenofont afinalik bo‘lsada Sparta tomonida turadi. U “Anabasis”, 
“Yunon tarixi” kaba mashhur asarlar muallifi hisoblanadi. U faqatgina harbiy harakatlarni xronologik 
jihatdan yoritmasdan, ayni damda harbiy harakatlarning borishida geografik omillarning rolini ham 



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling