Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. –Toshkent: 
“O‘zbekiston” NMIU,2018. 416-b 
2. Желтов В.В. Желтов М.В. Геополитика: история и теория. С 63. 
3. Тихонравов Ю.В. Т 46 Геополитика: Учебное пособие. — М.: ИНФРА-М, 2000. -29 с. 
4. Полибий. Всеобщая история. СПб., 1994. Т. II. С. 8. 
5. Аристотель. Соч.: В 4 т. Т. 4. С. 596. 
UO’K 93/94 
USTYURT PLATOSI PALEOLIT DAVRI PALEOGEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
ODAMZOTNING O‘ZLASHTIRISHNING XUDUDIY CHEGARALARI VA 
KARTOGRAFIYASIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR 
S.X.Matmuratova, magistrant, Urganch Davlat Universiteti, Urganch 
Annotatsiya. Maqolada Ustyurt xududida Ashel davri paleografiyasi va odamzotning 
o‘zlashtirish tarixi taxlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: Baratov P, Tolepbergenov M.J, Tursinov M.J, Matqurbanova G.J, Shonazarov 
M.B, Bijanov Ye.B, Vinogradov A.V, Ustyurt, Turon, Ural-Tyan-Shan, Pleysto syan, Shaxpaxta, 
Qoraquduq, Churuk. 


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________ 
11
Аннотация. В стате анализируется истории палеогеографии и освоение человеком в 
Ашелского периода на территории Устюрта.
Ключевые слова: Баратов П., Толепбергенов М.Ж., Турсынов М.Ж., Маткурбанова Г.Ж., 
Шоназаров М.Б., Биджанов Э.Б., Виноградов А.В., Устюрт, Турон, Урал-Тян-Шань
Плейстосян, Шахпахта, Каракудук, Чурук. 
Abstract. In the article, the paleography of the Acheulean period and the history of human 
development in the Ustyurt region are analyzed. 
Key words: Baratov P, Tolepbergenov M.J, Tursynov M.J, Matqurbanova G.J, Shonazarov 
M.B, Bijanov E.B, Vinogradov A.V, Ustyurt, Turon, Ural-Tyan-Shan, Pleisto syan, Shakhpakhta, 
Karakuduk, Churuk. 
Xorazm vohasi shimoli-g‘arbiy xududiga ulanib ketgan Ustyurt platosi geografik xususiyatini 
namoyon qilib, O‘zbekistonning tarkibiy qismi sifatida inson evolyusiyasi va old tarix fani rivojiga 
Ashel davri quyi bosqichidayoq hissa qo‘shganligi arxeologik tadqiqotlar natijalaridan ma’lum. 
Arxeologik adabiyotlarda qayd qilingan ma’lumotlar Ustyurt xududini Shaxpaxta havzasi Ashel davri 
quyi bosqichidan boshlab odamzotning joylashish ob’ekti bo‘lgan.
XX asr O‘zbekiston tarixshunosligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ustyurt platosi geografik xususiyati 
boshqa tarixiy-geografik xududlardan ajralib o‘ziga xos landshaftni hosil qilgan. Umumiy geologik 
asos, tabiiy sharoit, o‘xshash xo‘jalik sohalari, mehnat qurollari bir xil shakldaligi moddiy 
landshaftda o‘z aksini topishi Ustyurt xududida aks etganligini taxlil qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
XX asr tarixshunosligi va XXI asr boshlari tadqiqotchilar asarlarida qayd qilingan faktologik 
ma’lumotlar Turon pasttekisligining shimoli - g‘arbiy qismida Xorazm vohasiga geologik jihatidan 
ulanib ketgan Ustyurt platosi Ashel davri ilk bosqichida geologik-geografik xolati, ekologiyasi xamda 
odamzot tomonidan o‘zlashtirilish jarayonini o‘rganishda nazariy manba bo‘lib hisoblanadi. 
Tadqiqot metodlari: Quyidagi metodologik, ilmiy usul va tamoyillaridan foydalanildi: 
Ilmiy xolislik, tarixiy –tahlil, mantiqiy xulosa chiqrish, xronologik izchillik. Qiyoslash, asoslab 
berish, umumiylashtirish, xamda etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geologiya, geografiya 
fanlari usullarida qo‘llanildi. 
Ustyurt platosi O‘zbekistonning tekislik qismi bo‘lib, Kaspiy dengizi Sharqiy sohilida Orol 
dengizi sohili etagigacha 200 m balandlikda, uning umumiy maydoni 200.00 km
2
. Uning 70,3 ming 
km
2
Qoraqalpog‘iston Respublikasini xududini tashkil qilgan [1]. Ustyurt geomorfologik va iqlimiy 
xususiyatlari va ekologiyasi bilan geologik jihatidan Xorazm vohasiga o‘xshash bo‘lsa ham, o‘ziga 
xos geografik xususiyatlari bilan Turon pasttekisligining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ustyurt platosi geologik tuzilish jihatlari paleozoy davri bosqichlarida (570-285 ml yillar) [2]. 
Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, Ural-Tyanshan yer silkinishlari tizimiga kirib, uning geologik 
tuzilishi yuqori paleozoyning oxiri bosqichida yakun topgan [3]. Tadqiqotchi P.Baratovni o‘quv 
qo‘llanmasida Ustyurt platosi Shimoliy, Markaziy va Janubiy qismlarga bo‘linib, o‘ziga xos 
geografiya va ekologik xususiyatlari qayd qilingan [4]. Ustyurt platosini suv bilan ta’minlashiga 
imkon-beradigan daryolar faoliyat olib bormaydi, ammo yomg‘ir va qorlarning erishi natijasida 
botiqlarga suvlar to‘planishi natijasida ko‘p sonli suv havzalari mavjud bo‘lgan. 
Ustyurt platosi geografik joylashishi xususiyatiga ko‘ra, Turon pasttekisligini asosiy 
xududlaridan farqlanishi bo‘lsa ham, odamzot kelib joylashib, tabiiy muhit va iqlim sharoitga 
moslashib, iqtisodiy manbalardan unumli foydalanib o‘z manfaatlariga xizmat qildirganlar. Masalan, 
Pleystotsen muzligi ustunlik qilgan davrida Ustyurt platosi odamzotning kelib joylashishining ob’ekti 
bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pleystotsen muzligi ustunlik qilgan sharoitda Shaxpaxta 
havzasi qurib qolgan quduqlar atrofida Yesen 2,3, Qoraquduq, Churuk manzilgohlari madaniy 
qatlamlardan Ashel davri quyi bosqichiga oid moddiy ashyolar olinganligi diqqatga sazovor [5]. 
O‘rta tosh davriga kelganda Qoraquduq, Suluma va Churik ovchilarining migratsion siyosati 
Ustyurtning markaziy qismida olib borilgan. Mazkur xududda o‘rnashgan ovchilar ekologik vaziyat 
qulay bo‘lganligi bois, qo‘shni xududlar sari ko‘chish siyosatini kundalikka olib kirmaganlar.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling