Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

 __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022  
10
keng yoritadi. Quruqlikdagi kuch (xartlend) va dengiz kuchi (rimlend) bilan bog‘liq xulosalarni ilgari 
suradi. Albatta bu yondashuvlar keyingi geosiyosiy nazariyalar rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Yunondagi dastlabki geosiyosiy omillar tahlili Aristotel (m.av. 384-322) asarlarida ham keng 
uchraydi. Aristotelning otasi vrach sifatida Makedoniya hukmdorlari saroyida ishlaganligi bois 
mutafakkirning yoshligi makedon saroyida o‘tadi. O‘z davriga nisbatan yuqori saviyada ta’lim oladi. 
Keyinchalik Platon akademiyasida ta’lim oladi. Oradan vaqt o‘tgach makedon hukmdori Filipp II 
taklifi bilan Pellaga qaytib Aleksandrga ustozlik qiladi.
Aristotelning asarlarida qator geosiyosiy omillar tahlilini ko‘rish mumkin: davlat boshqaruvi 
tuzilishi bilan davlatning joylashgan geografik o‘rni o‘rtasidagi bog‘liqlik; mamlakat aholisining 
miqdori bilan aholining sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik; davlat maydoni bilan davlatning harbiy qudrati 
o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari keng tahlil etilgan. Aristotelning fikricha farovon davlat uni o‘rab 
olgan tashqi omillarsiz, tashqi muhitsiz vujudga kelishi mumkin emas[5]. Aynan klassik geosiyosat 
vakillari tomonidan Aristotelning bu qarashi “rivojlanishi joyi” atamasi kategoriyasi bilan 
rivojlantirildi. Tashqi muhit haqida gap borganida davlatning joylashgan o‘rni himoya nuqtai 
nazaridan qanday ahamiyat kasb etishi, bu hududlarda qanday tabiiy boyliklar joylashganligi, yaqin 
atrofdagi davlatning boshqaruv rejimi singari omillarga katta e’tibor qaratiladi. Demak davlat hududi 
raqib hujumidan himoyalanish nuqtai nazaridan, tashqi savdo nuqtai nazaridan muhim bo‘lishi lozim.
Ijtimoiy omillar haqida gap borganida mamlakat aholisining ham miqdori, ham erkinligi, ularning 
mavjud tizimga bo‘lgan munosabati masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek mamlakatning 
o‘z xavfsizligini ta’minlashda, tashqi savdo munosabatlarini olib borishida, qulay strategik nuqtalarni 
qo‘lga kiritishida dengiz qudrati masalasiga ham katta e’tibor qaratganligini ko‘rish mumkin. 
Dastlabki geosiyosiy bilimlarning vujudga kelishi, unga bo‘lgan ehtiyoj va ularning xalqaro 
munosabatlar takomilida tutgan o‘rni masalasi tahlili yuzasidan quyitdagi xulosalarni ilgari surish 
mumkin: 
Birinchidan, dastlabki geosiyosiy bilimlarning vujudga kelishi, unga bo‘lgan ehtiyoj kishilik 
jamiyati paydo bo‘libdiki geosiyosiy omillar kundalik hayotda o‘ziga xos o‘rin, ahamiyat kasb etib 
kelgan. Insonlar aqliy mehnat bilan shug‘ullanmagan paytlarda ham o‘zlariga munosib turmush 
kechirish uchun barcha jihatlarga asosan qulay makon, sharoit tanlashga harakat qilishgan. 
Ikkinchidan, muayyan bir inson tomonidan, yoki mayyan bir hukumat tomonidan ishlab 
chiqilgan barcha doktrinalar, dasturlar ijtimoiy voqelikka asoslangan aqliy mehnat mahsuli bo‘lsada 
ular geografik makonda amalga oshadi. Boshqacha aytganda geografiya yuqorida qayd etilgan 
siyosiy nazariyalar, ta’limotlar, dasturlar, doktrinalar o‘z yechimini topadigan poligon vazifasi o‘tab 
kelgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling