Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

 __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022  
140
f) ta’limda elektron muxitdan foydalanishning rivojlanishi;
g) sun’iy intellekt tizimlarining ta’limda amalga oshishi;
h) yangi boshqaruv va nazorat usullarining ta’limga tadbiq qilinishi;
i) yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi va hokazo.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llanilishdan maqsad, o‘z navbatida, ularni qo‘yilgan pedagogik 
vazifalarni samarali hal etishga optimal moslashtirishda ko‘rinadi.
Oliy ta’limdagi jiddiy muammo 
nafaqat talabalarning o‘sib borayotgan Internet-resurslardan cheksiz foydalanishi, balki 
talabalarning haqiqiy raqamli kompetentsiyasi bilan ham bog‘liq. Talabalar o‘z ta’limini nazorat 
qilishlari uchun biz ta’limda inqilob qilishimiz kerak. Raqamli pedagogika misli ko‘rilmagan moddiy-
texnik ta’minotni nazarda tutadi [5]. Ta’lim muassasalarida raqamlashtirishning joriy etilishi bilan 
tizimda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga axborot-kommunikatsion texnologiyalar 
bo‘yicha bilimlarini oshirish, raqamli texnologiyalar asosida ishlash qobiliyatini o‘stirish talabi 
qo‘yiladi va bu professor-o‘qituvchidan o‘z ustida ko‘proq ishlashni taqozo etib, raqobat tufayli 
ta’lim sifatini yanada oshishiga xizmat qiladi.
Hozirda raqamlashtirish global miqyosga ega – raqamli transformatsiyaga misollar turli 
tarmoqlar va sohalarda mavjud.
Raqamli texnologiyalar raqamli vositalar, materiallar va 
xizmatlardan foydalanish uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi. Innovatsion raqamli 
texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu jarayonni 
o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqargan holda tarmoqni 
to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi [6].
 
Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi, ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. 
Ta’lim muhitini raqamlashtirish oliy ta’lim tizimida turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin, 
jumladan: 
-mavjud o‘quv materiallari, shu jumladan ishchi dasturlar, fan uslubiy majmualari, ma’ruzalar, 
taqdimotlar, darsliklar, mustaqil ish uchun topshiriqlarni va bilimlarni boshqarish vositalarini 
elektron muhitni tarjima qilish; 
-professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasida o‘zaro interaktiv elektron muhitni shakllantirish, veb-
seminarlar, munozarali forumlar, seminar-treninglar o‘tkazish;
-yangi turdagi elektron o‘quv vositalarini yaratish: elektron darsliklar, elektron muammoli 
kitoblar, video ma’ruzalar, elektron topshiriqlar bazasi; 
-professor-o‘qituvchi uchun elektron guruhlar shakllantirish; 
-sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
-elektron muhit imkoniyatlaridan foydalangan holda ta’limning tubdan yangi shakllarini 
qo‘llash – axborotni xayoliy uzatish spektrini kengaytirish, virtual jarayonda turli vaziyatlarni 
modellashtirish, raqobatbardosh annimatsiyalarga taqlid qilish
va hokazo. 
Oliy ta’limni raqamlashtirish tizim uchun yangi imkoniyatlar (2-rasm) va qulayliklarni 
yaratmoqda.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling