Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Raqamli texnologiyalarning ta’limda qo‘llanilishi
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________
139 dunyoning turli burchaklaridagi yetakchi mutaxassislarning eng zamonaviy va sifatli ma’lumotlar manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir [4]. Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vositalari rolini bir qator omillar bajarib beradi. Ularga jumladan, multimediyalar, telefon liniyalar, i nternetli televizor, proyektorlar, kompyuter, kodoskop, smart doska, planshet, noutbuk va hokazolar kiradi. 1-rasm. Raqamli texnologiyalarning ta’limda qo‘llanilishi Raqamlashtirish ta’lim olishni osonlashtirada. Moddiy-texnik ta’minotning yuksalishi ya’ni oliy ta’lim muassasasining ta’lim vositalari bilan yetarli darajada qurollantirilishi talabalarga dars mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etilishini ta’minlab, tizimda raqamlashtirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Bundan tashqari hududlarda Wi-Fi zonalar, IT parklar ochilishi ham raqamli ta’lim tizimining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar va raqamli transformatsiyani keng joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847- sonli Farmoni ham muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimizning mazkur Farmoni bilan ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ulardan ba’zilarini quyida keltirib o‘tish joyizdir: -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; -ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish; -ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish; -masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish,….; -milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma- bosqich oshirib borish,….; -.....ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar. Bulardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joyizki, raqamli texnologiyalar bir qator tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘lib, ta’lim tizimida ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: a) ta’limdagi virtualizatsiya jarayonlari; b) masofaviy ta’lim (MOOC)ning keng miqyosda qo’llanilishi; d) blokcheyn texnologiyalar va u orqali yurutiladigan jarayonlarning ta’limga tadbiq qilinishi; e) ta’limda katta ma’lumotlar bazalari (big data)ning tarkib topishi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling