XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________
141
muammolari kelgusida rivojlanish strategiyasini va unga aloqador yo‘nalishni tanlash bilan bog‘liq
izlanishlarga turtki beradi.
Ayni paytda ta’limni raqamli transformatsiyalash (raqamlashtirish)
vazifasi – ta’lim tizimini axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotning vazifalari, muammolari va
imkoniyatlariga moslashtirish masalasi kun tartibida turibdi. Bu yerda gap ta’limning maqsad va
mazmunini o‘zgartirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va uni raqamli muhitga singdirish haqida
bormoqda [7].
Xulosa.
Raqamli texnologiyalarni oliy ta’lim amaliyotiga joriy etish modernizatsiya qilishning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi, vaqt va mablag‘ sarfini
keskin kamaytiradi, u nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki talaba shaxsining intellektual va ijodiy
salohiyatini ochib berishga, axborot salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi,
kelajakda bitiruvchi
yoshlarni “raqamli dunyo”da yo‘qolib qolmaslik va jamiyatda o‘z o‘rnini topishda ustunliklarga ega
bo‘lishga olib keladi [8].
Qisqa qilib aytganda, raqamlashtirish hamma joyda kuzatilayotgan real voqelikdir. Inson
xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida bo‘lgani kabi oliy ta’limni
raqamlashtirish jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishning asosiy shartlaridan
biridir.
Raqamlashtirish barcha tarmoqlarda katta o‘zgarishlarga
olib keladi va asosiysi, buning
natijasida ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Raqamlashtirish tizimi muntazam rivojlanib,
keng ko‘lamli va kompleks chora-tadbirlar amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, hali
bajaralishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar turibdi-ki zero, mamalakatimizning taraqqiyoti raqamli
texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarga joriy etilishi va qo‘llanishiga uzviy bog‘liqdir.
Albatta, bularning barchasi kelajakda iqtisodiy o‘sishning muhim poydevori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: