Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
__________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022
10 keng yoritadi. Quruqlikdagi kuch (xartlend) va dengiz kuchi (rimlend) bilan bog‘liq xulosalarni ilgari suradi. Albatta bu yondashuvlar keyingi geosiyosiy nazariyalar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Yunondagi dastlabki geosiyosiy omillar tahlili Aristotel (m.av. 384-322) asarlarida ham keng uchraydi. Aristotelning otasi vrach sifatida Makedoniya hukmdorlari saroyida ishlaganligi bois mutafakkirning yoshligi makedon saroyida o‘tadi. O‘z davriga nisbatan yuqori saviyada ta’lim oladi. Keyinchalik Platon akademiyasida ta’lim oladi. Oradan vaqt o‘tgach makedon hukmdori Filipp II taklifi bilan Pellaga qaytib Aleksandrga ustozlik qiladi. Aristotelning asarlarida qator geosiyosiy omillar tahlilini ko‘rish mumkin: davlat boshqaruvi tuzilishi bilan davlatning joylashgan geografik o‘rni o‘rtasidagi bog‘liqlik; mamlakat aholisining miqdori bilan aholining sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik; davlat maydoni bilan davlatning harbiy qudrati o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari keng tahlil etilgan. Aristotelning fikricha farovon davlat uni o‘rab olgan tashqi omillarsiz, tashqi muhitsiz vujudga kelishi mumkin emas[5]. Aynan klassik geosiyosat vakillari tomonidan Aristotelning bu qarashi “rivojlanishi joyi” atamasi kategoriyasi bilan rivojlantirildi. Tashqi muhit haqida gap borganida davlatning joylashgan o‘rni himoya nuqtai nazaridan qanday ahamiyat kasb etishi, bu hududlarda qanday tabiiy boyliklar joylashganligi, yaqin atrofdagi davlatning boshqaruv rejimi singari omillarga katta e’tibor qaratiladi. Demak davlat hududi raqib hujumidan himoyalanish nuqtai nazaridan, tashqi savdo nuqtai nazaridan muhim bo‘lishi lozim. Ijtimoiy omillar haqida gap borganida mamlakat aholisining ham miqdori, ham erkinligi, ularning mavjud tizimga bo‘lgan munosabati masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek mamlakatning o‘z xavfsizligini ta’minlashda, tashqi savdo munosabatlarini olib borishida, qulay strategik nuqtalarni qo‘lga kiritishida dengiz qudrati masalasiga ham katta e’tibor qaratganligini ko‘rish mumkin. Dastlabki geosiyosiy bilimlarning vujudga kelishi, unga bo‘lgan ehtiyoj va ularning xalqaro munosabatlar takomilida tutgan o‘rni masalasi tahlili yuzasidan quyitdagi xulosalarni ilgari surish mumkin: Birinchidan, dastlabki geosiyosiy bilimlarning vujudga kelishi, unga bo‘lgan ehtiyoj kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki geosiyosiy omillar kundalik hayotda o‘ziga xos o‘rin, ahamiyat kasb etib kelgan. Insonlar aqliy mehnat bilan shug‘ullanmagan paytlarda ham o‘zlariga munosib turmush kechirish uchun barcha jihatlarga asosan qulay makon, sharoit tanlashga harakat qilishgan. Ikkinchidan, muayyan bir inson tomonidan, yoki mayyan bir hukumat tomonidan ishlab chiqilgan barcha doktrinalar, dasturlar ijtimoiy voqelikka asoslangan aqliy mehnat mahsuli bo‘lsada ular geografik makonda amalga oshadi. Boshqacha aytganda geografiya yuqorida qayd etilgan siyosiy nazariyalar, ta’limotlar, dasturlar, doktrinalar o‘z yechimini topadigan poligon vazifasi o‘tab kelgan. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling