Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –10/1-2022 1 Ўзбекистон республикаси фанлар
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/4-2022
Download 6.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Теоретические Воззрения Изобразительного Искусства Как Фактор
140
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/4-2022 ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani shakllanganligini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan: Iqtisodiy tejamkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash. Iqtitsodiy tejamkorlikka bilim ko‘nikma va malakalarning sifati eng avval ularning puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi. Iqgisodiy tejamkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil qilish uchun ularni faqat o‘zlashtirayotgan paytida emas, balki o‘quvchilarning keyingi faoliyatida ham tekshirib borish kerak. Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishining muhim shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning muammolaridan biri bòlib kelgan va shunday bòlib qolaveradi. Bozor iqtisodiyotiga òtayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanish jarayonida ham yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning òrni beqiyos. Bu borada hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy tafakkur inson hayotining barcha bosqichlari - shaxsiy hayoti, kishilar bilan munosabati, uning xulq- atvorini qamrab olgan. Iqtisodiy tafakkur òsmirni hayotga boshqacha kòz bilan qarashga, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanishishga olib keladi. Kishilarda bu holatlarga nisbatan kònikmalar hosil bòladi. Iqtisodiy tafakkur shakllanishi iqtisodiyotdagi chigal muammolar yechimida yangicha yònalishlarni yuzaga keltiradi. Shunday qilib maktablarda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik jarayoni quyidagi sifat bosqichlariga ega bòlishi lozim. - davlatning iqtisodiy ahvolini juda yaxshi bilish; - turli mulk turlari va korxonalar faoliyatining iqtisodiy asoslarini bilish; - dalillarni xolisona baholash va mavjud iqtisodiy asoslarni tahlil etish uchun savodxonlik; - ishlab chiqarish va xójalik ishlarida, iqtisodiy munosabatlarda tashabbuskorlik. Iqtisodiy tarbiya shartlari òquvchilardan savollar xilma - xilligini talab etadi. Ularga quyidagilar kiradi: - oilada va umumiy òrta ta'lim maktablarida iqtisodiy tarbiyaning boĝliqligi, uning maqbul bòlishi; - òquvchilar bilim olishida didaktik tamoyillarning roli; - maktabda òquv fanlarini òqitish jarayonida amaliy tajribalar xulosasi va shu bilan birgalikda ilmiy- texnologik taraqqiyotning tezlashuvida ilm - fanning rolini tushuntirish orqali òquvchilarni iqtisodiy tarbiyalash; - davlat va xususiy mulkni ehtiyot qilish, elektr energiya, gaz, òquv adabiyotlar, asbob-uskunalar, maktab binosi, uy jihozlari va hokozo; - moddiy zahiralardan tejab-tergab foydalanishning iqtisodiy jihatlarini tushuntirish; - òquvchilarga darsdan tashqari vaqtlarida iqtisodiy tarbiya berishni tashkil etish; - umumiy òrta ta'lim maktab òquvchilarini oliy òquv yurtlari va undan keyingi sharoitlar haqida kònikmalar hosil qilish uchun iqtisodiy fikrlashga òrgatish. Yangi iqtisodiy tafakkur shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning yangi bosqichlari, iqtisodiy soxada kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash yòllarini aniqlab olib, quyidagi yòllar bilan òquvchilarning iqtisodiy ta'lim tarbiyasini oshirish mumkin: - olingan nazariy bilimlar asosida amaliy ishlarini bajarish jarayonini tashkil etish; - kasbiy òqitish va har bir òquvchi malakasini oshirish uchun lozim bólgan iqtisodiy tayyorgarlik majburiyatlari; - ishlab chiqarish va mehnat xarakteri, iqtisodiy sohada kadrlarni óz sohalarini bilish darajasini aniqlash; - iqtisodiyot soxasida yangi bilimlarni egallash tizimi, yangi axborot texnologiyalarini egallash (ilmiy adabiyotlar va internet). Òquvchilarning iqtisodiy tarbiyasidagi zarur shartlardan biri ularni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashdir. Bu narsa òquvchida iqtisodiy hayotda faol ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu esa yoshlardan jamiyatimizning iqtisodiy manfaatlari negizini bilish, iqtisodiy bilimlardan samarali foydalanish, iahlab chiqarishni kengaytirish va atrof - muhit hamda moddiy zahiralardan oqilona foydalanishni talab etadi. Iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik quyidagi asosiy komponentlarni òz ichiga oladi: - iqtisodiy talab va manfaat; - iqtisodiy umum ta'lim tayyorgarligi; - mehnatga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, atrof- muhit va vaqtga nisbatan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish. Iqtisodiy talablar bu jamiyat, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va boshqalar erishishga intilayotgan, hayotdagi moddiy farovonlik va iqtisodiy faoliyatning yangicha shakllaridir. Umumta'lim iqtisodiy tayyorgarligi ( iqtisodiy bilimlar tizimi, bilimlar, kónikma va tajribalar) insonni iqtisodiy faoliyatga tayyorlash tizimining muhim komponentlardan biridir. Shaxsiy tuzilishlarda esa u tajribaga suyanadi. Iqtisodiy ta'limning dolzarbligi umumiy va politexnik òrganishning shart - sharoitlaridan kelib chiqadi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot jamiyatdagi qonunchilik va ilm - fan tamoyillariga mos keladi. Shunday qilib iqtisodiy tarbiya iqtisodiyotning bir necha avlodlar tomonidan qayta ishlanishi lozim bólgan umumiy nazariy holatga asoslanadi. Jamiyatning iqtisodiy hayoti boy va kòp qirralidir. U òz ichiga iqtisodiy faoliyat davomida kerak bòladigan muomala aylanma mablaĝlar, ishlab chiqarish, sotish va hokozolarni qamrab oladi. Iqtisodiy hayotning xarakteri va faoliyati, moddiy ashyolarning ishlab chiqarilishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy hayotda jamiyatning barcha ishtirokchilari jumladan garchi ishlab chiqaruvchi bòlmasa- da òquvchilar ham ishtirok etadi. Iqtisodiy hayotda va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling