141
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –10/4-2022
faoliyatda ongli ishtirok etish insondan maxsus tayyorgarlikni talab etadi.
Iqtisodiy tarbiyani jamoasiz tasavvur etib bòlmaydi. Bolalarni mehnatga òrgatish uchun, avvalo ularni
mehnatga òrgatish va ularning mehnatini turli yòllar bilan raĝbatlantirish lozim. Ularda jamoa bilan ishlash
kònikmalarini hosil qilgan holda moddiy zahiralarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tejab-tergab
foydalanishga òrgatish lozim.
Aynan mana shu munosabatlar hayotning muhim prinsplari sifatida iqtisodiy kategoriyalarning obektiv
jamoaviylashuvini, jamoa bilan ishlash foydali ekanini bildiradi.
Xulosa òrnida shuni aytish mumkinki rivojlangan davlarlarda xususan hozirgi shiddat bilan taraqqiy etayotgan
mustaqil Òzbekistonda iqtisodiy tarbiya masalasiga davlat mulkini ehtiyotlab saqlash va uni mustahkamlash
nuqtaiy nazaridan yondashiladi va bu narsani birinchi vazifa sifatida uqtiriladi. Bu narsa uzoq yillar davomida
iqtisodchilar, pedagoglar, filosoflar va texnologlarining iqtisodiy tarbiya masalasiga òzgacha yondashuvi, uning
sabab va oqibatlariga diqqat e'tiborni qaratganini bildiradi. Iqtisodiy tarbiya orqali yoshlarni har tomonlama
barkamol ahaxs sifatida kamol toptirish, ularni jahon hamjamiyatidagi munosib òrnini belgilash mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, butun ta’lim davomida o‘quvchilar faoliyati tizimli ravishda uzluksiz
nazorat qilib boriladi. Texnologiya darslarida mashg‘ulotlarni amalga oshirish jarayonida shakllantiriladigan
iqtisodiy tejamkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalar sifati ko‘p jihatdan ularning yapgi harakatlarni qanchalik
qulay sharoitlarda o‘zlashtirishlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar oldiga ishlanayotgan buyum detallarini
tayyorlashga oid bilim va malakalardan foydalangan holda uni boshqarishni mustaqil ifodalashni topshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |