Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar
1. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etuvchi -ki yuklamasi odatda qaysi gap tarkibida bo‘ladi? A) bosh gap tarkibida B) ergash gap tarkibida C) bosh gap, yoki ergash gap tarkibida D) A, B, C 2. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga qaysi vositalar orqali bog‘lanadi? A) shart mayli qo‘shimchasi (-sa) orqali B) deb so‘zi orqali C) -ki yuklamasi orqali D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali. 3. Ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turida -ki yuklamasi qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vosita sifatida ishtirok etadi? 1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap; A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3 4. -ki yuklamasi vositasida birikkan ergashgan qo‘shma gap qismlari o‘zaro qanday joylashadi? A) ergash gap + bosh gap shaklida B) bosh gap + ergash gap shaklida C) -ki yuklamasi faqat ko‘rsatish olmoshi bilan birga qo‘llanganda bosh gap + ergash gap shaklida D) -ki yuklamasi faqat so‘roq olmoshi bilan birga qo‘llanganda ergash gap + bosh gap shaklida Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar 1. Nisbiy so‘zlar orqali bog’langan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi? A) o‘tgan zamon sifatdoshi shaklida B) buyruq mayli shaklida C) shart mayli shaklida D) harakat nomi shaklida 2. Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Kim harakat qilsa, u barakat topadi. B) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. C) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. D) Barcha gapda nisbiy so‘zlar ishtirok etgan. 3. … ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, … rivojlanish bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga nisbiy so‘zlarning mosini qo‘ying. A) qachon, o‘shanda B) qayerda, o‘sha yerda C) kim, o‘sha D) qayerga, o‘sha yerga 4. Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Baxtim shuki, seni uchratdim. B) Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. C) Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. D) Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang, el seni shunchalik e’zozlaydi. Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling