Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi


Download 199.5 Kb.
bet11/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi
1. Tarkibida ko‘rsatish olmoshi bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar sodda gapga aylantirilganda gapda qanday o‘zgarish yuz beradi?
A) ergash gap tarkibidagi so‘roq olmoshi tushib qoladi
B) ergash gap tarkibidagi nomustaqil kesim shakli sifatdosh shakliga aylanishi mumkin
C) bosh gap tarkibidagi yuklama ifodalanmaydi
D) A, B, C
2. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi noto‘g‘ri berilgan?
A) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. – Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi.
B) Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. – Oila a’zolarining bir-biri bilan juda ittifoq ekanligini sezdim.
C) Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. – Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
D) Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. – Siz ishonch bildirgan kishiga sherik bo‘lishim mumkin.
3. Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi.
Ushbu sodda gapdan nisbiy so‘zli ergash gapning qaysi turini hosil qilish mumkin?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
C) hol ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar
1. Kesim ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Oqsoqol qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda ish bir tartibda bo‘ladi.
B) Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi.
C) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin biz jo‘naymiz.
D) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
2. “Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo‘shilmaydi”.
Yuqorida berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) kesim ergash gapli qo‘shma gap B) ega ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
3. “Buning natijasi shu bo‘ldiki, To’laganning qanshariga musht tushdi”.
Berilgan qo‘shma gap turini aniqlang.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
4. Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xusisiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. Berilgan gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling