Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar


Download 199.5 Kb.
bet13/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar
1. Shuni unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir.
Ushbu qo‘shma gap turini aniqlang.
A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) hol ergash gapli qo‘shma gap
C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
2. Qanday hollarda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) gap qismlari nisbiy so‘zlar orqali bog‘lansa
B) bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ifodalanmay qolsa
C) gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bo‘g‘lansa
D) gap qismlari orasida tire qo‘yilsa
3. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi.
B) Kasbim mening faxrim, umrim.C) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
D) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.
4. Akmaljon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi.
Ushbu qo’shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapning qaysi bo’lagini izohlab kelgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) ega
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
1. “Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham shu yo‘ldan yuradi”.
Berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap
2. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni ko‘rsating.
A) Men shunday narsa keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan.
B) Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi.
C) Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas.
D) Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lida obod yer ham xarob bo‘ladi.
3. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Toleyim shuki, jahonda bir guliston tanladim.
B) Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi.
C) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning.
D) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
4. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq.
Ergash gap turini aniqlang.
A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) uyushiq bo‘lakli gap
C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
Mustahkamlash
1. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin
B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin C) kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin
D) hol ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin
2. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
3. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi.
Hol ergash gap turini aniqlang.
A) payt ergash gap B) o‘rin ergash gap C) shart ergash gap D) sabab ergash gap
4. 1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
2. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma sochilib yotibdi.
3. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi.
4. Jahl kelsa, aql ketar.



Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling