Yuqorida bildirilgan fikr, taklif va mulohazalarga asoslanib, metodbirlashma yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1. Metodbirlashma rahbari M.Otajonovaning 1-masala yuzasidan o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish va fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi G.Nazarovaning metodbirlashmaning 2022-2023 o‘quv yilining 2-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti va 3-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni: 3- chorakda o’quvchilardan o’tilgan mavzular yuzasidan monitoring test olish va 9-10-11-sinflar o’rtasida Zakovat musobaqasi tashkil etish to’g’risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Metodbirlashma rahbari M.Otajonova Noyabr oyida bo’lib o’tgan “Xorijiy fanlar” oyligida amalga oshirilgan ishlar va o’tkazilgan tadbirlar va ochiq darslar tog’risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Metodbirlashma a’zosi G.Nazarovaning 4-masala bo’yicha fan o‘qituvchilari bilan birgalikda o'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan bergan taklifi va tavsiyalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Yuqorida qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish metodbirlashma rahbari M.Otajonova zimmasiga yuklatildi.
Yig’ilish raisi : ___________ M.Otajonova
Yig‘ilish kotiba: ___________ G.Nazarova
Do'stlaringiz bilan baham: |