Xorazm viloyati Xiva tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasining 1– sonli yig‘ilish Bayonnomasi
Download 32.85 Kb.
|
Metod birlashma xujjat 1-2 chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masala
- Eshitildi: 1-masala
Yig’ilish raisi : ___________ M.Otajonova
Yig‘ilish kotiba: ___________ G.Nazarova Xorazm viloyati Xiva tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Xorijiy fanlar metodbirlashmasining 3– sonli yig‘ilish Bayonnomasi 01.11.2022 yil. Yig’ilish raisi M.Otajonova Katnashdilar: 5 nafar metodbirlashma a’zolari. Kun tartibidagi masala: 1. Metodbirlashmaning 2022-2023 o‘quv yilining 1-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 2-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash. 2. Fan olimpiadasining tuman bosqichida ishtirok etish va olimpiadaning keyingi bosqichlariga tayyorlash chora-tadbirlari haqida. 3.Noyabrda bo’lib o’tadigan “Xorijiy fanlar” oyligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar va ochiq darslar rejasini tuzish va tasdiqlash. (ochiq darslar maktabda faoliyat yuritayotgan har bir tarbiya, tarix va huquq fani o‘qituvchilariga qo‘yilishi shart) 4. O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish va fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida. (Metodik ma’ruza). O'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbat tashkil etish. 5. Umumta'lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integrasiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilish. Eshitildi: 1-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib metodbir-lashmaning 2022-2023 o‘quv yilining 1-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o’tdi va 2-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni aytib o’tdi. 2-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib tumanda o’tkazilgan fan olimpiadasida qatnashgan 9-10-11-sinf o’quvchilariningto’plagan ballari va o’rni haqida ma’lumoot berib o’tdi. 3-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib Noyabr oyida bo’lib o’tadigan Xorijiy fanlar” oyligida amalga oshiriladigan ishlar va rejalashtirilgan tadbirlar va ochiq darslar haqida ma’umot berib o’tdi. Ijtimoiy fanlar oyligi ish rejasi bilan fan o’qituvchilarini tanishtirib o’tdi. 4-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib fan o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish hamda fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida o’z fikrini berib o’tdi.Darslarda o’qituvchilar qo’llasi mumkin bo’lgan metodlarni tafsiya sifatida berdi. Yig’ilish davomida metodbirlashma a’zolari bilan birgalikda o'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan fikr almashildi. 5-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib maktabda dekabr oyi ichida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integrasiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish usullari haqida ma’lumot berish uchun o’tkaziadigan yig’ilish haqida ma’lumot berib o’tdi. Download 32.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling