Bayonnomasi
17.11.2022 yil.
Yig’ilish raisi: M.Otajonova
Katnashdilar: 9 nafar metodbirlashma a’zolari.
Kun tartibidagi masala:
1.O’qituvchilar tomonidan 2 chortak uchun tayyorlangan didaktik materiallar, tarqatma, mavzuga oid slayd va video roliklar hamda nazorat ishi materiallarini muhokama qilish. Nazorat materiallarini ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida.
2. O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish va fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida. (Metodik ma’ruza). O'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbat tashkil etish
.3. Umumta'lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integrasiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilish.
Eshitildi:
1-masala bo’yicha metodbirlashma a`zosi G.Nazarova va rahbari M.Otajonova so’zga chiqib fan o’qituvchilar tomonidan darslar davomida didaktik materiallar, tarqatma, mavzuga oid slayd va video roliklardan foydalanishning samarali usullari haqida o’z fikrini bildirib o’tdi. Darsga kirayotgan o’qituvchilari tematik xaritalardan foylanishni o’quvchilarni bilmini yana mustahkamlashi va mavzu haqida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lishlari uchun mavzuga oid video roliklar bilan darslarni tashkil etishni tavsiya berib o’tdilar.
Chorak yakunida 2-11-sinflarda Ingliz tilidan yakuniy nazorat ishlarini metodbirlashma yig’ilishida savollar darajasi va mavzularni to’liq qamrab olishi yuzasidan takliflar berildi va har bir fan o’qituvchising choraklik testlari nazoratdan o’tkazildi.
2-masala bo’yicha metodbirlashma raxbari M.Otajonova so’zga chiqib ichki nazorat yani 5-11-sinflarda o’quvchilar bilan o’tilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklami bartaraf etish yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.Unga ko’ra darslarda imkon qadar mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil hikoya qilib berishlari va dars so’ngida o’quvchilardan mavzuga oid testlar olinishi va natijalarni taxlil qilib borishni takidlab o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |