Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot Reja: Xorazmshohlar davlatining shahar va qishloqlari


Download 50.81 Kb.
bet4/8
Sana15.03.2023
Hajmi50.81 Kb.
#1272131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot

Shisha mahsulotlari qoldiqlari ham XI-XII asrlarda hunarmandchilikning rivojlanganligidan darak beradi. Bu davrda rangsiz deraza oynalarini ishlab chiqarish kengayib bordi. Marv, Xorazm va Farg’onaning bir necha joylarida topilgan shisha parchalari fikrimizni tasdiqlaydi. Shu bilan birga derazalarga solish uchun rangli oynaklardan ham foydalanishgan. Termiz hokimlari saroy xarobalari o’rganilganda derazalar uchun rangli oynaklar parchalaridan foydalanilganligi va shu yo’l bilan o’ziga xos vitrajlar yaratilganligi ma’lum bo’ldi.
Shahar hunarmandchiligida bu davrda metallga ishlov berish muhim o’rin tutgan. Termizda, masalan, “temirchilar mahallasi” 5 gektar maydonni egallagan edi. Temirchilar ro’zg’or buyumlari, ishlab chiqarish vositalari va qurol-aslahalar bilan bir qatorda o’zida yuksak badiiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan qozonchalar, qalamdonlar, shamdonlar kabi nafis buyumlarni ishlab chiqarar edilar.
Xorazmshohlar-Anushtaginiylar hukmronligi davrida karvon yo’llari yaxshi qo’riqlanganligi bois ichki va tashqi savdo keng rivojlandi. Savdogarlarning moliga ko’z olaytirgan qaroqchi va o’g’rilar qattiq jazolanar edi. Gurganj savdogarlari noyob mollarini Bag’dodga va hatto olis Andalusga olib borib sotar edilar. Taniqli shoir Rashiduddin Vatvot Iroqdagi Xorazm noibiga yuborgan maktubida u yerga borgan Usmon ibn Ismoil Xorazmiy ismli savdogarga g’amxo’rlik qilishni so’ragan edi. Manbalarda Abul Fath Nasr ibn Hasan Shoshiy ismli savdogar Samarqanddan karvon bilan Andalusga borib savdo qilganligi qayd etilgan.
Shaharlarda bozorlar gavjum bo’lib, savdo-sotiqni muhtasib nazorat qilar edi. Muhtasib mollarning sifatini, qop, qanor va idishlar tozaligini, mevalarning yangi uzilganligini, tosh-tarozuning to’g’riligini tekshirar, tarozidan urib qoladigan sotuvchilarni jazolar edi.



Хоrаzmshоhlаr dаvlаtidа pul muоmаlаsi
Rasmiy hujjatlarga ko’ra, birinchi bo’lib xorazmshoh Otsiz o’z nomidan tangalar zarb ettira boshlaydi. 1142 yilda Nishopurni egallagach, bu yerda u 5 oy davomida
o’z nomidan tanga pullar zarb ettirdi. Keyin esa tangalar yana saljuqiy Sulton Sanjar nomidan zarb etildi.
1167 yilda Otsizning o’g’li El-Arslon ham Nishopurni zabt etdi. Shundan so’ng uning vassali Oy-Abo o’z qo’l ostidagi o’lkalarda El-Arslon nomi bilan oltin dinorlar va kumush dirhamlar zarb ettirgan edi.
Xorazmshohlarga tobe bo’lgan ko’pgina mamlakatlarda ham ularning nomidan tangalar zarb etilgan. 1195 yilda Kirmon shahri xorazmshoh Takash tasarrufiga o’tganda bu yerda ham uning nomi bilan tangalar zarb qilingan. XIII asrning boshlarida Hirotda, Bomiyonda, Mozandaron, Samarqand, Fors va Ozarbayjonda ham xorazmshohga vassal bo’lgan mahalliy hukmdorlar Alouddin Muhammad nomidan tangalar zarb etganlar. Hammasi bo’lib 30 ga yaqin viloyat shaharlarida xorazmshohlar nomidan tangalar zarb etilgan.
Sulton Jaloliddin Manguberdi ham zabt etgan mamlakatlarida o’z nomidan tangalar zarb etgan. Masalan, 1222 yilda Hindistonda Jaloliddin bosib olgan bir necha viloyat hokimlari va radjputlar uning nomidan kumush va mis tangalar zarb etdilar. Jaloliddin 1226 yilda Tiflis va Sharqiy Gurjistonni fath etganida malika Rusudani xazinasidagi tanga pullarni qo’lga kiritdi va ularni eritib, o’z nomidan qayta zarb ettirdi.
O’rta Osiyoda Somoniylar davridan boshlab oltin tangalar bozorlarda kamayib, sifatsiz kumush va mis tangalar ko’paydi. Olimlarning fikricha, bunga nafaqat ichki urushlar, balki kumush konlaridagi zaxiralarning kamayishi ta’sir qilgan edi.
Xorazmshohlardan oldingi sulolalar, jumladan G’aznaviylar, Saljuqiylar, G’uriylar o’z vaqtida oltin tangalar chiqarganlar. Tillo va kumush tanga pullar muomalasida sulton Muhammad avvaldan qolgan an’anaga qarab ish tutdi. Hatto tangalarda Sosoniylar davridagi toj va otliq shakli saqlandi. Kumushlangan mis dirhamlar ikki xil qiymatda chiqarilardi, bu esa savdo ishlarida qulaylik tug’dirar edi. 1219-1220 yillarda Termiz va Chag’oniyonda ana shunday ikki xil qiymatdagi tangalar zarb etilgan. O’sha zamonda ham kumushlangan mis tangalarni keragidan ko’p chiqarib yuborilishi inflyatsiya – pul qadrsizlanishini keltirib chiqargan.
Xorazmshohlar o’z davlati hududlarini kengaytirgan vaqtda bu yerlardagi oldingi hukmdorlar zarb etgan dinor va dirhamlarni ham muomalada qoldirdi. Saqlanib qolgan xazinalardagi oltin tangalar tarkibi shundan dalolat beradi. Bu xazinalarda xorazmshohlarning tangalari bilan birga g’o’riylar, qoraxoniylar, saljuq sultonlarining tangalari ham uchraydi. Alouddin Muhammad davrida butun oltin tangalar bilan birga yarimta tangalar ham uchraydi. Bu hol iqtisodiy siyosatda oltinning og’irligi, qiymati o’zgarib turganligini ko’rsatadi.

Download 50.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling