Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot Reja: Xorazmshohlar davlatining shahar va qishloqlari


Download 50.81 Kb.
bet2/8
Sana15.03.2023
Hajmi50.81 Kb.
#1272131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot

Xevaq (Xiva) shahri Gurganjdan 15 farsax masofada joylashgan edi. Xorazmning barcha shaharlarida aholi hanafiya mazhabida edi, ammo Xevaqda shofeiya mazhabi tarqalgan edi. Olim va sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazm vohasida Darg’on (Darg’om), Mavakon, Govshfanj, Qos (Qiyos, Qiyot), Nuzkat, Hazorasp, Suburna, Sarakusta, Mang’ishloq singari shaharlar bo’lganligini qayd etadi.
Xorazm davlatidagi eng yirik shahar Buxoro hisoblangan. O’sha davr tarixchilari bu shaharni “eng ulug’, eng katta, eng mashhur, tengi yo’q shahar” deb ta’riflaganlar. Buxoro shahri ko’handiziga ega bo’lib, bu markaziy qal’a devor bilan o’ralgan edi. Shaharning tashqi devori ham bo’lib, Alouddin Muhammad uni qayta tiklash haqida farmon chiqargan. Buxoro viloyatida Bojijkat, Tavois, Boykand (Poykand), Karmana, Maymurg’ singari shaharlar ham bor edi.
Bu davrda So’g’d viloyati ham o’zining obod shaharlari bilan mashhur bo’lgan. Viloyat markazi Samarqand “yer yuzidagi eng go’zal va boy shahar” bo’lganligi ko’p manbalarda zikr etilgan. Manbalarda Samarqand shahri darvozalari va mahallalari nomlari zikr etiladi. Bular Bobi Doston, Bobi Ko’hak, Bobi Toq, Namozgoh darvozalari, Ushtabezak, Bandilaxon, Chakordiza, Za’rimas, Sanjaziza mahallalaridir.
Xorazmshohlar hukmronligi davrida Movarounnahrda yana quyidagi shaharlar bo’lgan:
Kash (Kesh, Shahrisabz), Shosh (Choch, Toshkent) ,Taroz, Xo’jand, Termiz, Isfijob (Sayram), Nasaf (Naxshab, Qarshi) (Ko’handizi, rabodi, to’rt darvozasi bo’lgan), Banokat (Shohruhiya), Niso, Marv. Marv shahri Saljuqiylar davlatining poytaxti. Shahar mo’g’ullar istilosi davrida vayron etilgan.
Farg’ona vodiysidagi shaharlardan quyidagilar tilga olinadi:
Axsikat (Axsikent) – ko’handizi va uch farsaxli rabodi bo’lgan. Shaharga to’rtta darvoza orqali kirilgan.
O’zgand (O’zgen) – qal’a devorlari, ko’handizi, bir necha darvozalari bo’lgan.
O’sh – katta shahar, ko’handizi, 4 ta darvozasi bo’lgan.
Tarixiy manbalarda Xorazmshohlar zamonidagi qator qishloq va qasabalarning nomlari ham qayd etilgan. Xorazm vohasida, Amudaryoning har ikkala sohilida yam-yashil ekinzordan iborat qishloqlar bir-biriga tutashib ketgan edi. Voha yerlari Amudaryodan suv oladigan Gavhar kanali orqali sug’orilardi. Ushbu kanal chuqur va katta bo’lib, unda kemalar qatnar edi. Yoqut Hamaviy Xorazmdagi ayrim yirik qishloqlarning nomini keltiradi. Ular Harur, G’azniz, Muborak, Navbog’, Farshnifasan, Bof, Zamaxshar kabi qishloqlardir.
Buxoro vohasida joylashgan qishloqlardan quyidagilari tilga olinadi:
Agaruk, Xakanja, Afsavon, Xumhisor, Bob, Zomin, Anisun, Romisan (Romiton), Barbiz, Zar’ayna, Barakat, Dahfand, Bayrami, Zabog’duvon, Bobokat, Sabzayuy, Boshkashr, Surmarv, Toza, Sayyora, Taraha, Shavakon, Xarajar, Sharafdon, Harxor, Shakan, Xurmisan, Shirvon, Harduvon, Tarab, Tus, Turnavoz, Oyshan, Faraxsha (Varaxsha), Gudashfard, Kashkon, Keshakan, Naxl, Nujobod, Navfar, Vardona (Vardonze), Varzak, Varkon, Varkat, Yuvhasun va b.
Xorazmshohlar davlatiga bundan tashqari yana Balx, Vaxsh, Jandrud, Jand, Qunduz, Xuttalon kabi viloyatlar va shaharlar ham tobe’ edilar. Xorazm davlati gullab-yashnagan davrida Xuroson, Mozandaron, G’azna, G’o’r, Bust, Takinaobod, Zamindevor, Shirmon Sind, Miqron viloyatlari va ulardagi shaharlar va qishloqlarni o’z ichiga olgan.


Download 50.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling