Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot Reja: Xorazmshohlar davlatining shahar va qishloqlari
Download 50.81 Kb.
|
Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shihobuddin Muhammad al-Nasaviy
- Маdrаsаlаr vа kutubхоnаlаr
- Foydalanilgan аdаbiyotlаr
Abul Qosim Mahmud Zamaxshariy (1075, 18 mart – 1144, 13 iyun) – arab tili grammatikasi va lug’at ilmi bilmdoni, ritorika, statistika, astronomiya va boshqa fanlarga oid ko’p asarlar yozgan mashhur olim. “Xorazm faxri” va “Jorulloh” (“Ollohning qo’shnisi”) faxriy nomlarga sazovor bo’lgan. Zamaxshariy “Muqaddimat ul-adab”, “Asos al-balog’a” (“Badiiyat asoslari”), “Foiq al-lug’at” (“Lug’atlarning yaxshisi”), “Atvoq az-zahab” (“Oltin shoda”) nomli asarlarni yozib qoldirgan. Uning Qur’oni karimga yozgan “Al-Kashshof” nomli tafsiri islom dunyosida mashhurdir.
Shihobuddin Muhammad al-Nasaviy shoir, tarixchi va davlat arbobi bo’lgan. Sulton Jaloliddin saroyida munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi vaqtlarda sulton Jaloliddinning elchisi sifatida boshqa mamlakatlarga davlat ishlarini hal etishga borgan. Sultonning podshohlar va malikalarga yuboradigan maktublari va boshqa hujjatlarini tuzgan. U “Sirot us-sulton Jaloliddin Manguberdi” nomli asar muallifidir. Маdrаsаlаr vа kutubхоnаlаr Xorazmshohlar ta’lim muassasalari bo’lmish madrasalar barpo etish va ularning faoliyatini yo’lga qo’yishga katta e’tibor berganlar. Yangi madrasalarning qurilishi odatda taniqli din arboblariga topshirilar edi. Masalan, Xurosonda madrasa qurish muftiy va imom Aziziddin Ali Balxiyga, Nishopurda – muftiy va mudarris imom Faxriddin Abu Sobit Kufiyga topshirilgan edi. Xorazmshoh Jaloliddin taniqli olim Muqarrabuddin Muhammad al-Xorazmiyga (vaf. 1228) Isfahonda otasi Alouddin Muhammad xotirasi uchun katta madrasa qurishni topshirgan va bu ishga 30 ming dinor mablag’ ajratgan. Keyinchalik ushbu madrasaning qurilishini tamomlash uchun u Iroqdan keladigan xirojning bir qismini shu maqsadga sarflash haqida ko’rsatma bergan. Xorazmshohlar mudarrislik lavozimiga munosib odamlarni tayinlash haqida g’amxo’rlik qilganlar. Ko’pincha bu lavozimiga saroyda xizmat qilgan obro’li ulamolar tayinlangan. Xorazmshohlardan Otsiz, Takash, Alouddin Muhammadlar tomonidan chiqarilgan shu mazmundagi farmonlar bizgacha yetib kelgan. Jumladan, xorazmshoh Takashning taniqli ulamolardan biri – Badriddin nomiga chiqarilgan farmonida quyidagilarni o’qiymiz: “Saroyda katta hurmatga sazovor bo’lgan Badriddin yaxshi xizmatlari uchun falon viloyatdagi madrasaning mudarrisi va imom xatibi etib tayinlandi. Badriddin o’z vazifalarini taqvodorlik bilan, Qur’oni majidga, hadisi sharifga, payg’ambar sunnatiga va imomlar ibratiga muvofiq holda bajarsin. U juma va hayit namozlarida (imomlik qilib), va’z xutbalar o’qishni, Ollohga, payg’ambarlarga, xalifalar va xorazmshohlarga hamdu sano aytsin, diniy binolar va inshootlarni ta’mirlash, vaqf daromadlarini ko’paytirish uchun g’amxo’rlik qilsin, odamlarga so’zda va amalda ibrat bo’lsin, o’ziga munosib o’rinbosarlar tayyorlasin”. Xorazmshohlar davlatida yirik kutubxonalar bo’lganligi ham tarixiy manbalarda qayd etilgan. Jumladan, Buxoroda Xizonat ul-kutub dor ul-fuqaro-xalq kutubxonasi bo’lib, bu yerda nodir qo’lyozmalar saqlangan. Marv shahrida yashagan Sam’oniylar xonadonida 60 ming jilddan iborat yirik kutubxona bo’lgan. Mo’g’ullar bosqini davrida ushbu kutubxonadagi nodir kitoblar nobud bo’lgan. Foydalanilgan аdаbiyotlаr Шиҳобуддин Муҳаммад ан-Насавий. Сийрат ус-султон Жалолиддин Мангуберди. Т., 2000. Буниёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати. Т., 1998. Ибн ал-Асир. Ал-комил фи-т-тарих: Полный свод истории. Т., 2006. Referatlar.uz Arxiv.uz Download 50.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling