Xorijiy tillar kafedrasi
UK raisi: Ph.P.A.Qurbonov
Download 119,05 Kb.
|
Ped amaliyot ДАСТУР
UK raisi: Ph.P.A.Qurbonov
Malakaviy amaliyotning sillabusi Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti Ilmiy kengashining 2023yil ___ yanvardagi - sonli yig‘ilishida tasdiqlangan. Fakultet dekani: E.N.Murtazayev “KELISHILDI” Akademik ishlar departamenti boshlig’i: B.X.Jovliyev KIRISHО‘zbekiston Respublikasining о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadlaridan biri mustaqil davlatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ravnaqini ta’minlashda uning jahon hamjamiyatida tutgan о‘rni va obrо‘ e’tiborini mustahkamlashda xalq ta’limi tizimi muassasalari faoliyatida –yosh avlodga berilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligini oshirishni eng zarur va kechiktirib bо‘lmaydigan muhim omillaridan deb hisoblaydi. О‘zbekiston Respubilkasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bayon etilganidek, hozirgi davrining dolzarb masalalaridan biri, о‘qituvchi-tarbiyachi xodimlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, Oliy о‘quv yurti talabalarini muallimlik ishiga nazariy va amaliy tayyorlashning zaruriy bо‘g‘ini va tugallovchi bosqich hisoblangan pedagogik amaliyotga bо‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishdir. Chunki, pedagogik amaliyot jarayonida talabalar о‘qituvchilik kasbining serqirrali tomonlarini, bu kasbga bо‘lgan о‘zidan mehr-muxabbat, layoqat, havas, ishtiyoq, qobiliyat, moxorat qay darajada ekanligini tushunib yetadilar. Mazkur ishchi dasturda Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti «Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasi, amaliyotchi-talabalarning pedagogik amaliyotida maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlar taqvimini о‘rganish, dars, darsdan tashqari ta’lim –tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvafaqqiyatli qо‘llash, shuningdek ta’lim-tarbiya ishlarning asosiy shakllari, ularni tahlil qilish, tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar, hamda baholashda qо‘llaniladigan reyting tizimi bayon qilingan. Mazkur ishchi dastur О‘zbekiston Respublika «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ishlab chiqilgan va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi Nizomga muvofiq ishlab chiqildi. Ishchi dastur Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti «Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasiga biriktirilgan “Xorijiy til va adabiyoti” (5111400) yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim olayotgan talabalari metodist-о‘qituvchilariga mо‘ljallangan. Download 119,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling