Xorijiy tillar kafedrasi


Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi


Download 119.05 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi119.05 Kb.
#1542458
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ped amaliyot ДАСТУР

Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi



  1. Talabalarda о‘qituvchilik kasbiga barqaror qiziqish va ongli mustaqil pedagogik faoliyatni shakllanishi.

  2. Kasbiy kо‘nikma va malkalarni shakllantirish va rivojlantirish.

  3. Pedagogik faoliyatga ijodiy, tadqiqiy yondashuv, о‘z mehnatini tahlil qilish malakasini hosil qilish.

  4. Talabaning ixtisosligi bо‘yicha Davlat ta’limi standartlari bilan tanishish.

  5. О‘quvchi-talabalarning individual va yot xususiyatlarini о‘rganish maqsadida amaliyotchi talabalarning о‘quvchi-talabalar bilan muloqot va о‘zaro hamkorligini tashkil qilish.

  6. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarni о‘rganish, tahlil qilish va tadbiq etish malakasiga ega bо‘lishga ijodiy yondashish.



Malakaviy pedagogik amaliyot vazifalari



  1. Amaliyotchi-talabalarning oliy о‘quv yurtida egallagan bilimlarini mustahkamlash va о‘quvchi-talabalar bilan olib boriladigan dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni о‘rgatish.

  2. Amaliyotchi –talabalarda maktab akademik lisey hamda kollejlarda ta’limiy tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama о‘rganish, dars, darsdan tashqari turli kо‘rinishdagi ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil, о‘quv-malakalarini takomillashtirish.

  3. Talabalarda dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish о‘quv malakalarini shakllantirish.

  4. О‘quv dasturlari va taqvim –rejalariga asosan uslubiy-ma’naviy ishlarida metodik yordam uyushtirish.

  5. Talabalarni guruh (sinf) rahbari yordamchisi sifatida, guruh rahbari vazifalarini bajarishga, о‘quvchilar bilan alohida –alohida va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga о‘rgatish.

  6. Talabalarni ta’limiy-tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani о‘rganishga jalb etish.

  7. Talabalarda pedagogik faoliyatga ijodiy, ilmiy va amaliy yondashish munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish.

  8. Talabalarda milliy va umuminsoniy tarbiya muammolarini hal qilishga imkon beradigan pedagogik qobiliyatni takomillashtirish, о‘quvchi shaxsi va uning tarbiyasiga bо‘lgan intilishlarini kuchaytirish.


Download 119.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling