Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet64/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

6-AMALIY MASHG‘ULOT. TOVUSH VA FONEMA
Bunda nutq tovushlari tildagi vazifasiga ko‘ra o‘rganiladi va ijtimoiy hodisa sifatida qiymatga ega bo‘ladi. Fonetikaning bu asosiy tomoni tilshunoslikda fonologiya deb yuritiladi.
Tovush va fonema. Bu ikki hodisa tilshunoslikda o‘zaro farqlanadi. Tovush deb nutq a’zolarining artikulyatsiyasi bilan hosil bo‘luvchi eng kichik nutq birligiga aytiladi. Fonema deb so‘z va uning ma’noli qismlarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajaradigan eng kichik til birligiga aytiladi.Fonema bir qancha tovushlarning birligidan yuzaga keladi. Masalan, bilak, bilan, ziyrak, qishloq so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidagi i eshitilishiga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham bitta fonema sanaladi. Bu so‘zlarning shakllanishida i fonema sifatida ahamiyatlidir. Shu jihatdan qaralganda, bosh so‘zining tarkibida 3 ta fonema mavjud, ya’ni b, o, sh fonemalari. Ular shu so‘zni moddiy jihatdan shakllantirgan; besh so‘zini esa moddiy jihatdan b, e, sh fonemalari shakllantirgan. Moddiy jihatdan fonemalar tizimining o‘zgarishi yangi ma’noli so‘zni yuzaga keltirgan. Fonemalar tizimi o‘zgarib borgan sari ma’no o‘zgarib boradi. Ma’noni farqlashda fonema asos bo‘lib qoladi. Ma’noni ajratishda fonemalarning muayyan tartibi ham muhim sanaladi. Masalan, k, e, ch fonemalarining kech, chek kabi tartibi 2 ta boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi; echk, kche kabi tartibi esa ma’no bildirmaydi, shunga ko‘ra tilda qo‘llanmaydi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonemalar 31 ta. Ular akustik, fiziologik-artikulyatsion hamda tildagi vazifasiga ko‘ra dastlab 2 turga bo‘linadi:
1. Unli fonemalar.
2. Undosh fonemalar.
Unli va undosh fonemalar o‘zaro quyidagicha farqlanadi;
1. Akustik jihatdan unlilar faqat ovozdangina iborat bo‘ladi, undoshlar esa shovqindan yoki shovqin bilan ovozning qo‘shilishidan iborat bo‘ladi.
2. Fiziologik-artikulyatsion jihatdan unlilarni hosil qilishda o‘pkadan kelayotgan havo oqimi nutq organlarida to‘siqqa uchramay chiqadi, un (ovoz), tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladi. Undoshlarni hosil qilishda esa havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqqa uchrab, shu to‘siqdan portlab yoki sirg‘alib chiqadi. Undoshlarni hosil qilishda un paychalari tebranishi ham tebranmasligi ham mumkin.
3. Vazifasiga ko‘ra ham unli va undosh fonemalar o‘zaro farqlanadi: 1. Unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchi asosiy tovush hisoblanadi. Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in hosil qila olmaydi. Og‘zaki nutqda bo‘g‘in hosil qila oluvchi ba’zi sonorlar bundan mustasno.
2. Unlilarning yolg‘iz o‘zi so‘z bo‘lib kela oladi: u olmosh turkumiga oid so‘z; a? so‘roq yuklamasi kabi. Undoshlar esa bunday hususiyatga ega emas.
3. Unlilarning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramay chiqishi, uni istagancha cho‘ziq talaffuz qilish imkonini beradi. Natijada, u uslubiy maqsadlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bunday imkoniyat undoshlarda yo‘q.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling