Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet65/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

2 - mashq. Matndan foydalanib tovush va fonemalarning farqini tushuntiring. Ularning yozilishiga e’tibor bering.
Navoiy o‘rnidan turdi. Yuragida shodlik dengizi chayqalardi: - ona tilining g‘alabasi uning g‘alabasi, uning suygan xalqining, tarixining g‘alabasi edi. Shoir shamni o‘chirdi. xassani qo‘lga olib, yotoq uyga kirmoq uchun uvushgan oyoqlari bilan asta-asta yurib, tashqari chiqdi. Salqin toza havo yuzlariga yoqimli urdi. Cheksizlikda muazzam ohang bilan oqqan yulduzlarning nafasi, bog‘chadagi daraxtlarning shitirlashi, yarim kechada ip yigirgan jafokash kampir charxining «g‘uv-g‘uvi», uzoqda karvon tevalari qo‘ng‘irog‘ining vazmin ohangi – barchasi shoirning ko‘ngliga bir xilda yaqin, tanish, ma’nodor tuyular, barchasini u chuqur sevar edi... (Oybek,).

3- mashq. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang va ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan fonemalarni aniqlang.
Tulki falsafasi

-Ustoz, - dedi bir kun tulki tulkiga,


Nechun biz nishonmiz doim kulkiga?
O‘rmonda bo‘ri ham, hatto janob sher,
Bir-birin turtishib: Tulkisan-a, der!
Boshqalar ustidan kulmaslar nechun,
Bu hol qorong‘udir biz yoshlar uchun.
-Uka, - dedi shunda tulkiga tulki,
Bunday hodisaning sababi shulki,
Kasbini eplolmay qolsa aksari,
Tulkilik qiladi hayvonlar bari.
Ko‘pincha ilojsiz qolgan fursatda
Tulkilik qiladi sher ham, albatta!
Lekin bizning ishni eplolmas ular,
Shu sabab o‘rmonda masxara bo‘lar.
Sen-chi, bunday holdan aslo o‘kinma,
Boshqalar singari chetga bekinma.
Tulkisan, bunday chog‘ tulkilik qilgin,
Tulki deb kulsalar, qo‘shilib kulgin..(A. Oripov)

4- mashq. Bitta fonemasiga ko‘ra farq qiladigan so‘zlar qatorini aniqlang va qatorni o‘zingiz ham davom ettiring.
Ko‘z, pona, fin, tong, to‘ra, tolmoq, botmoq, ber, bayt, bo‘z, sotmoq, xona, tin, bong,solmoq, so‘ra, so‘z, ko‘ra, to‘lmoq, jo‘ra, shira, sora, so‘na, totmoq, to‘z, ter, qo‘ra, din, to‘n, qir, sir, siz, kun, poda, shona, qiz, xoda, ko‘l, chiz, bo‘y, tez, cho‘z, tur, sher, bormoq, sochmoq, qotmoq, chin, dong, sin, tonmoq, so‘ri, xo‘ra, qin, xola, g‘o‘ra, qayt, shoda, qara, ko‘r, tiz, to‘r, tor, shar, qolmoq, payt.

7-AMALIY MASHG‘ULOT. UNLILAR TASNIFI VA TAVSIFI.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar 6 ta. Ular quyidagilar: i, e, a, o, u, o‘.
Unli fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi:

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling