Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-AMALIY MASHG‘ULOT. Adabiy til va shevalar Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar
Test savollari
1.Dunyodagi xalqaro tillar qaysi qatordagi javobda aks etgan? A)ingliz, fransiz,rus,ispan, arab, xitoyB)o’zbek, usmonli turk, qozoq, qirg’iz, ozarbayjon, rus C)ingliz,nemis, yapon, italyan , polyak,rus D)lotin, hind, eron, xitoy, rus, ingliz 2.Qaysi javobda shevaga xos so’zlar berilgan ? A)ushbu, kitob, daftar B) bu yoqqa, ana u yerda C)kelopti, borvotti, aytovuz D)oliynasab, mujgon,go’ja 3.Quyidagi qaysi bo’linish to’g’ri? A)til oilasi > til turkumi > muayyan til B)til turkumi > til oilasi > muayyan til C) muayyan til> til turkumi> til oilasi D) til turkumi> muayyan til> til oilasi 4.O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A)20 B)24 C)25 D)26 5.Davlat tili to’g’risidagi qonunning yangi tahriri qachon qabul qilindi? A)1995-yil 21-dekabrda B)1993-yil 2-3-sentabrda C)1989-yil 21-oktabrda D)1995-yil6-7-mayda 5-AMALIY MASHG‘ULOT. Adabiy til va shevalar Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi. Milliy til va adabiy til tushunchasi bir xil emas. Negaki, milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan maydonga kelsa, adabiy til esa undan oldin ham xalq tili sifatida yuzaga keladi. Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q. Adabiy tilning har qaysi bo‘limi o‘z qoida-qonunlariga ega. Bu qoida-qonunlar adabiy til me’yorlari deyiladi. Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning 2 shakli bor: a) og‘zaki adabiy til; b) yozma adabiy til. Adabiy tilning og‘zaki shakli nisbatan qadimiy bo‘lib, u nutq tovushlari, intonatsiya, urg`u kabi vositalarga asoslanadi. Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi va yozma adabiy tilning qoida va me'yorlarini orfografiya (imlo) belgilaydi. Sheva (mahalliy til) bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatidan farq qiladi. Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida 3 ta lahja bor: 1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh). 2. Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh). 3. O‘g‘uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh). Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: 1) ayrim so‘zlar oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, etak – etay, terak – teray; 2) ayrim so‘zlardagi a tovushi o tarzida aytiladi: aka – oka, bahor – bohor, jahon – johon, nahor – nohor; 3) bu lahjada –ning qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni qo‘shimchasi ishlatiladi: ukamni(ng) daftari. Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyat shevalari). O‘ziga xos belgilari quyidagilar: 1) y o‘rnida j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q. 2) g‘ o‘rnida v ishlatiladi: tog‘ – tov, sog‘ – sov. 3) ayrim so‘zlar oxirida q tovushi tushiriladi: quru(q), sari(q). O‘g‘uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. O‘ziga xos belgilari quyidagilar: 1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism); 2) t tovushi d kabi, k esa g tarzida aytiladi: tog‘ – dog‘, keldi – galdi; 3) –ning qo‘shimchasi –ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa –a, -na tarzida aytiladi: akamning – akaming, yorimga – yorima, alina (qo‘liga). Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo‘lgan. Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi shevalaridan -(i)atir, Xorazm til shevasidan -(a)jak qo‘shimchalari ham adabiy tilga kiritilgan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi. Shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin zaiflashadi va yo‘qola boradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling