Bo‘g‘in ko‘chirilishi
Orfografiya qoidalariga ko‘ra bir qatorga sig‘may qolgan so‘zning qismi ikkinchi qatorga quyidagicha ko‘chiriladi:
1. So‘z qismlarga bo‘g‘inidan ajratib ko‘chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-il kabi.
2. Bir unlidangina iborat bo‘lgan bo‘g‘in oldingi satrda qoldirilmaydi. Shuningdek, keyingi satrga ham bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in ko‘chirilmaydi: o-naning emas, ona-ning, jamo-a emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi.
3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko‘chiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: Kґ-ngil, tong-gi, si-ngil; pome-shchik, me-shchan; ma-shaqqat, ke-chuv, kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-shchan kabi.
4. Kirill yozuvidagi imloga ko’ra ayirish, yumshatish belgilari oldingi bo‘g‘in bilan qatorda qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: sur’-at – sur’-at, sul-fat - sul-fat, raz’-yezd - raz-yezd, ma’-ruza - ma’ruza kabi.
5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko‘p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi.
6. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko‘chirilmaydi: I. O. Sultonov, A. B. Ahmedov kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |