Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet62/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir soz holida yoziladi. Polisintetik tillarga chukot tili kiradi.

Tirik va o‘lik tillar
Hozirgi paytda malum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi bolib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar hisoblanadi: ukrain, ozarbayjon, qirgiz tili va b. Hozirgi davrda hyech bir xalq uchun muomala vositasi bolib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o‘lik tillar deb yuritiladi: lotin, qadimgi hind yoki sanskrit tili, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili, qadimgi arab tili, qadimgi fors tili, so‘g‘d tili hozirgi paytda olik tillar hisoblanadi.
Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bolgan. Mazkur imperiya yemirilgandan keyin bu til ham asta-sekin olik tilga aylana borib, hozirgi davrda bu tilning qoldiqlarini ilmiy atamalarda uchratishimiz mumkin. Lotin tili orta va oliy tibbiyot oquv yurtlarida oqitiladi.
Qadimgi xorazmiy tili va yozuvi esa eroniy tillarning sharqiy turkumiga kirgan bolib, qadimgi Xorazm vohasining aholisi shu tilda gaplashgan. Bu til XI asrlargacha muomalada bolgan va keyinchalik istemoldan chiqqan hamda olik tilga aylangan.
4-AMALIY MASHG‘ULOT. TIL VA NUTQ.
REJA:

  1. Til va nutq.

  2. Milliy til, adabiy til va shevalar.

Til va nutq
Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi, bu ikki sozni manodosh (sinonim) sozlar sifatida ishlataverar edik. Keyingi paytlardagi tadqiqotlar til va nutq tushunchalarini farqlash zarurligini korsatdi. Til deganda malum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bolgan hodisani tushunishimiz kerak. Nutq esa shu tilning malum paytda va malum orinda namoyon bolishidir. Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat oyinini misol qilib keltirishadi. Shaxmat donachalari, taxtasi, shaxmat oyini qoidalari yigindisi tilga qiyos qilinadi. Har bir shaxmatchining oyin uslubi, oziga xos xususiyatlarini esa nutqqa oxshatishadi. Demak, malum sozlar yigindisi vositasida bitta fikrni turli korinishlarda ifoda qilish mumkin. «Ega+toldiruvchi+kesim» korinishidagi qolip tilga tegishli bolsa, nutqda shu qolip asosida son-sanoqsiz gaplar tuzish mumkin: Men ukamni kordim // Sobir akasiga yordamlashdi // Salim opasidan eshitdi… Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bogliqdir.
Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq dahosi va xususiyatga ega boladi; nutq esa ayrim shaxsga oid boladi. Har kim oz qobiliyati, soz boyligi, savodi hamda nutq azolariga qarab gap tuzadi. Til aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning ozidek uzoq boladi. Nutqning umri esa qisqa boladi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi olchovsiz boladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli boladi. Nutq yakka shaxs yoki juft shaxslar orasida yuz beradi. Bir kishining nutqi monolog, ikki kishining nutqi dialog, ikkitadan ortiq kishining nutqi esa polilog deb yuritiladi. Nutq sher, hikoya, roman, qissa kabi korinishlarda turli janrlarga bolinadi.
Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim ozgarishda boladi; vaziyatga yo nutq azolari faoliyatiga qarab sozning tovush tomoni ozgaradi. Nutq sozlovchining saviyasiga, uslubiga, orin va mavqyeiga qarab har xil boladi. Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, ozicha alohida mustaqil fan sifatida tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga etibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma jihatdan ham til bilan nutq bir-biridan farqlanavermadi. Shuning ucun, kopincha, nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi. Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida til va nutqni farqlashga jiddiy etibor berilmoqda.
Til va nutq hodisalariga ozaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik V.Humbold, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene talimotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qollash F.de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan talimot bilan bogliqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi,tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan ozgartirib yubordi. Tilga, xususan, ozbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison ornida til atamasi qollanilib, bu soz kop ma`nolilik tabiatiga ega bolganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq sozlash qobiliyati ham, nutqi ham shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir manolilik xosdir.
Nutqning ogzaki va yozma korinishlari mavjud. Ogzaki nutq ozaro muomala tilidir, undan ozaro suhbatlarda, maruzalarda, radio hamda telefonda, uy oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qoyiladi. Fikrning aniq va tushunarli bolishi, jumlaning togri, ravon hamda tasirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir. Aniqlik, togrilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (tasirli sozlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir.


5-ilova

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling