Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
AMALIY MASHG‘ULOTLAR TOPSHIRIQLARI VA ISHLANMASI YOKI SEMINAR
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
AMALIY MASHG‘ULOTLAR TOPSHIRIQLARI VA ISHLANMASI YOKI SEMINAR
1-AMALIY MASHG‘ULOT. Adabiy til – madaniy til Reja: 1. 2-AMALIY MASHG‘ULOT. Adabiy tilning shakllari 1. Adabiy til va uning shakllari. 2. Milliy til. 3. Lahjalar. 4. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining mundarijasi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan bo‘lib, uning tili XI-XII asrlarda ma'lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko‘ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi. Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylanadi. Demak, milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi. Adabiy til esa tilning ma’lum normalarga kiritilgan, ma’lum qoidalarga bo‘ysundirilgan ko‘rinishidir. U yozuvning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog’liq. Adabiy tilning 2 shakli bor: a) og`zaki adabiy til; b) yozma adabiy til. Adabiy tilning og’zaki shakli nisbatan qadimiy bo‘lib, u nutq tovushlari, intonatsiya, urg’u kabi vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me'yorlarni orfoepiya belgilab beradi. Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi va yozma adabiy tilning qoida va me’yorlarini orfografiya (imlo) belgilaydi. Milliy til va adabiy til tushunchasi bir xil emas. Negaki, milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan maydonga kelsa, adabiy til esa undan oldin ham xalq tili sifatida yuzaga keladi. Milliy til tushunchasi adabiy til tushunchasiga nisbatan ancha keng bo‘lib, u tildagi barcha mahalliy lahjalarni (dialektlarni) va shevalarni o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, lahjalar bir-biriga yaqin bir necha shevalar yig‘indisi hisoblanadi. Sheva – ma‘lum bir hududda ko‘p qo‘llanadigan, muayyan bir me’yorga asoslanmagan, sayqallanmagan mahalliy tildir. Xususan, o‘zbek milliy tili quyidagi 3 lahjani o‘z ichiga oladi: 1) qipchoq lahjasi; 2) o‘g‘uz lahjasi; 3) qarluq - chigil – uyg‘ur lahjasi. Keyingi lahja esa bir necha shevalar yig‘indisidan iborat: Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi, Namangan shevasi, Andijon shevasi, Qo‘qon shevasi, Marg‘ilon shevasi, Samarqand shevasi, Buxoro shevasi, Qarshi shevasi va h.k. O‘zbek adabiy tili mavjud 3 ta lahjalardan bittasiga: qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga tayanadi va uning me‘yorlarini fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan Farg‘ona shevasi belgilaydi va ushbu shevalar asos qilib olingan. Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi shevalaridan -(i)atir, Xorazm til shevasidan -(a)jak qo‘shimchalari ham adabiy tilga kiritildi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili tushunchasi XX asrning 30-yillaridan boshlab to shu kungacha bo‘lgan adabiy tilimizga nisbatan ishlatiladi. Ungacha bo‘lgan davrlarda adabiy til turlicha nomlar bilan atalinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili qoidalari o‘zbek sheva va lahjalarini o‘rganish asosida shakllangan. Turkiy tilda to‘la mazmunli yozma matnlar VII-X asrlarga oid bo‘lib, Qadimgi Turkiy xoqonlik davriga to‘g`ri keladi. Bu yozma yodgorliklarning tili qadimiy turkiy til hisoblanib, turk ("uyg`ur"), run, braxma, moniy, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Qadimgi turkiy til keyingi va hozirgi turkiy tillar uchun asos bo‘ldi. XI-XII asrlar davomida asosiy turkiy xalqlar va ularning tillari shakllanadi. Bu davr tili qadimgi va eski o‘zbek tili deb nomlanadi. Qadimiy o‘zbek adabiy tilida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg`u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Rabg`uziyning "Qissasul anbiyo" kabi asarlari yozilgan. Eski o‘bek adabiy tiliga Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy asarlari kirib, XV asrga kelib A.Navoiy bu tilni yanada mukammallashtirdi. XVII asrga kelib, eski o‘zbek adabiy tili xalq so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirildi. Bu davr tili (XVII-XX asr boshlari) yangi o‘zbek adabiy tili deyiladi. MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR. O‘zbek tili qachondan boshlab xalq tili sifatida shakllandi? Adabiy tilning qanday shakllari bor? Adabiy tilning og`zaki shakli qanday vositalarga asoslanadi? Adabiy tilning yozma shakli qanday vositalarga asoslanadi? Adabiy tilning qoida va me'yorlarini nima belgilaydi? O‘zbek milliy tili nechta lahjani o‘z ichiga oladi va ular qaysilar? O‘zbek adabiy tiliga qaysi lahja va shevalar asos qilib olingan? Hozirgi o‘zbek adabiy tili tushunchasi qaysi davrlarga nisbatan ishlatiladi? Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling