Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Undosh fonemalarni ifodalovchi ba
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- So ‘z qismlarining imlosi
- – illa
- -illa
- Men, sen
- U, bu, shu
- – dir
- Qo ‘shma so ‘zlar imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo ‘ shma so ‘ zlar qo ‘ shib yoziladi
- II. Chiziqcha bilan yozish. 1.
- Qiyoslang: Kat t ayu kichik - katta-yu kichik Tunu kun - tun-u kun Elu yurt - el-u yurt kabi. 2.
- Qiyoslang: 2003 yilning 9 sentyabri -- 2003 – yilning 9 – sentabri kabi. 4.
Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi
Bb harfining imlosi: a) ba’zi so‘zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba’zi so‘zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi. Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg‘aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi; Nn harfining imlosi: a) so‘z o‘rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so‘z o‘rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi. Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o‘rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo‘g‘iz undoshi o‘rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi. So‘z qismlarining imlosi So‘zning o‘zak qismiga turli so‘z yasovchi yoki shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan ularda turlicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Talaffuzdagi bunday o‘zgarishlar imloda ham o‘z aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q> so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi. So‘z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o‘rtasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur. Amaldagi imloga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi -illa qo‘shimchasi asliga ko‘ra yoziladi: sharillamoі shaіillamoі, іarsillamoі, shovillamoі, guvillamoі, Іuvillamoі, gurillamoі, varillamoі, chiyillamoі kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko‘ra esa taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi –illa qo‘shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda asliga ko‘ra emas, aytilishiga ko‘ra –ulla shaklida yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang: zuvillamoq – zuvullamoq, shovillamoі - shovullamoq, guvillamoq - guvullamoq, G‘urillamoq- g‘urullamoq kabi. Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko‘ra -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq kabi. Ammo g bilan tugagan ba’zi o‘zlashma so‘zlarda o‘zgarish bo‘lmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari qo‘shilganda aytilishiga mos holda emas asliga ko‘ra yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang:
Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi. Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba’zi bir bo‘g‘inli hamda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda ham yuqoridagi kabi o‘zgarish bo‘lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi. Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi. U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi. Fe’lning orttirma nisbat qo‘shimchasi –dir qo‘yidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so‘zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq, sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi. Qo‘shma so‘zlar imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi. 2. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 3. O‘xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi. 4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. 5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 6. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi. 7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan Yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi. 8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi. Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi. 9. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi. 10. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi. II. Chiziqcha bilan yozish. 1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi. Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra agarda juft so‘z qismlari –u (yu) bog‘lovchisi yordamida bog‘lansa chiziqcha qo‘shilmaydi: katta-kichik = kattayu kichik, el-yurt = elu yurt, or-nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz = kechayu kunduz kabi. Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o‘zgartirish kiritilgan, ya’ni juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo‘yilgan. Qiyoslang:__Kat_t_ayu_kichik_-_katta-yu_kichik__Tunu_kun_-_tun-u_kun__Elu_yurt_-_el-u_yurt_kabi.___2.'>Qiyoslang: Kattayu kichik - katta-yu kichik Tunu kun - tun-u kun Elu yurt - el-u yurt kabi. 2. Amaldagi imloga ko‘ra yildan – yilga, ko’pdan – ko’p, kundan - kunga kabi birikmalar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shunga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan. Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo‘yilgan. Qiyoslang: Yildan-yilga - yildan yilga Kundan-kunga - kundan kunga Naridan-beri - naridan beri To’g’ridan-to’g’ri - to’g’ridan to’g’ri Ko’pdan-ko’p - ko’pdan ko’p Tekindan-tekin - tekindan tekin Yangidan-yangi - yangidan yangi Ochiqdan-ochiq - ochiqdan ochiq 3. Amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha qo‘yilmaydi: 2003 yil, 1 sentyabr kabi. Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yib yozish belgilab qo‘yilgan. Qiyoslang: 2003 yilning 9 sentyabri -- 2003 –yilning 9 –sentabri kabi. 4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi. 5. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling