Qiyoslang: ko‘za, ro‘za, so‘roq, yo‘lak; ko‘klam, ko‘pchilik, so‘rg‘ich, to‘kmoq, xo‘rlik kabi.
A unlisi – til oldi, lablanmagan, keng unli. Chuqur til orqa g‘, q, x undoshlari bilan kelganda orqa qator, yo‘g‘on unli sifatida: g‘ayrat, g‘altak, qadr, chaqaloq, vaqt, baquvvat, paxta, xalq, xayol, xamir kabi; sayoz til orqa undoshlari bilan kelganda sayoz til orqa unli sifatida talaffuz qilinadi: kabob, kaklik, gavhar, gazeta, dangal, zanglamoq, jaranglamoq kabi. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ham orqa qator unli sifatida talaffuz qilinadi: akademiya, apel’sin, arxeolog, papka kabi.
O unlisi – til orqa, lablangan, keng unli: ona, bahor, bobo, bola, ovoz, asbob kabi; k, g, y, h undoshlari bilan kelganda old qator unli sifatida ingichka talaffuz qilinadi: koptok, kon, gohida, guvoh, yoz (yoz), yomg‘ir, hovli, hozir kabi; chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan kelganda esa orqa qator unli sifatida yo‘g‘on talaffuz qilinadi: qog‘oz, qoqilmoq, g‘or, g‘oyib, xola, xomush kabi.
5- mashq. So‘zlar tarkibidagi unli fonemalarni unlilarning tasnifi asosidagi quyida berilgan sxemaga joylang.
Xalqqa ayting: men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q:
Men elimning yuragida yashayman.
Erk deganning tilagida yashayman! (H. Olimjon)
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra
|
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra
|
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
|
Old qator
|
Orqa qator
|
Yuqori (tor)
|
O‘rta
(o‘rta keng)
|
Quyi (keng)
|
Lablangan
|
Lablanmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
6 - mashq. Nuqtalar o‘rniga unli fonemalarni qo‘yib so‘zlar hosil qiling va ma’nolarini izohlang.
B...l, b...z, b...r, b...t, b...y, d...l, d...r, d...b, d...n, d...ng, j...l, j...r, j...m, j...z, z...l, z...ch, y...l, y...q, t...l, t...r, t...z, f...l, f...n, x...l, x...n, ch...l, ch...p, ch...k, ch...y, l...y, m...y, p...y, s...y, t...y, h...y, q...r, q...p, g‘...r, h...r.
Do'stlaringiz bilan baham: |