7 - mashq. Quyida berilgan juftliklardagi a fonemasining talaffuziga e’tibor bering va so‘zlarning ma’nolarini izohlang.
Alam-a’lam, ayon-a’yon, davo-da’vo, nasha-nash’a, sanat-san’at, surat-sur’at, tana-ta’na, tarif-ta’rif, taqib,-ta’qib, sher-she’r, sava-sa’va, qala-qal’a.
8 - mashq. Matndagi unli fonemalarni tavsiflab bering.
Namuna: a-til oldi, lablanmagan, keng unli.
Rost gapga o‘rgansang, yolg‘on topilmas,
qiyinga ko‘niksang, oson topilmas.
Zahmatkash va haqgo‘y bo‘lolsang, seni
Yomon degani bir yomon topilmas. (Ramz Bobojon)
8-AMALIY MASHG‘ULOT. Undoshlar tasnifi va tavsifi
REJA:
Hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi.
Undosh fonemalar tasnifi va tavsifi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh fonemalar 25 ta. Ular quyidagilar: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, g‘, h, ng. Rus tilidan o’zlashgan vulkanizatsiya, glitserin, dislokatsiya, konstitutsiya kabi so’zlar tarkibida kelgan ts undoshi ham o’zbek tilining undoshlari sirasiga kiritib kelinmoqda.
Undosh fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Artikulatsiya (hosil bo‘lish) o‘rniga ko‘ra.
2. Artikulatsiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra.
3. Un paychalarining ishtirokiga ko‘ra.
4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.
Artikulatsiya o‘rniga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Lab undoshlari:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v0;
2) lab-tish undoshlari: f, v
Do'stlaringiz bilan baham: |