Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet72/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

16- mashq. Quyidagi so‘zlarning talaffuzida qanday tovush o‘zgarishlari sodir bo‘lganligini aniqlang. So‘zlarning yozilishi va talaffuzini qiyoslang.
Uchta>ushta, uch so‘m>usso‘m, besh so‘m>bessum, yuzsiz> yussiz, quchdi> qushdi, etdi>etti, ishsiz>issiz, oshni>oshshi, ishni>ishshi, yuzni>yuzzi, qorni>qorri, o‘tda>o‘tta, past>pas, go‘sht>go‘sh, xursand>xursan, Samarqand>Samarqan, dard>dart, baland>balant, band>bant, bo‘lsa>bo‘sa, kelsa>kesa, bo‘lgan>bo‘gan, kelgan>kegan, qolgan>qogan, maqtov>maxtov, taqsimot>taxsimot, maqsad>maxsad, shanba>shamba, shaftoli>shaptoli, maqbara>maxbara, taqsir>taxsir, tanbur>tambur, sunbul>sumbul, tuproq>turpoq.
17- mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni fonetik tahlil qiling.
1. Mana endi Komil katta yo‘lda. Inobatning saman yo‘rg‘asini yeldirib borarkan, Barnoning qarashi yuragini bir g‘amgin hislarga to‘ldirar, bir xayolida alamli o‘ylar qo‘zg‘ardi. (O. Yoqubov),
2. – Qoldiradiganim sizgayam, bolalargayam yetib-ortadi, xonim. (M.Muhammad Do‘st), 3. Ertadan qishloqdagi qimirlagan jon borki dalaga chiqishi kerak ekan. Siz bilan mening o‘rnimgayam Kenja chiqib turmasa bo‘lmas... (H. Nazir), 4. Yig‘i tamom bo‘lgandan keyin, bir-birlarini anglashib surishtira boshladilar. (F.Fulom), 5. – O‘zingizni tanitsangiz ehtimol biron qarindoshingiz chiqib qolar edi. (A. Qahhor), 6. Fozil tashqi eshikka ham qulf solmay Hojiya xolanikiga jo‘nadi. (V.G‘ofurov).
10-AMALIY MASHG‘ULOT. Bo‘g’in va urg’uning ahamiyati .
REJA:

  1. Bo‘g‘in va uning turlari



  1. Urg‘u va uning turlari.

Bo‘g‘in va uning turlari
Nutq jarayonida bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘in hosil bo‘lishida unli tovushning ahamiyati katta. So‘zning tarkibida nechta unli bo‘lsa u shuncha bo‘g‘inga ajraladi. Unli tovushsiz bo‘g‘in tuzilmaydi. Bitta unli tovush ham bo‘g‘in hosil qila oladi. Masalan, o-na, bo-la-lar-ning, ki-to-bi-miz kabi. Bo‘g‘inning qo‘yidagi turlari mavjud:
Ochiq bo‘g‘in. Unli tovush bilan tugagan bo‘g‘inga ochiq bo‘g‘in deyiladi: ta-la-ba, o-ta – barcha bo‘g‘inlari ochiq bo‘g‘in; ki-tob, mak-tab-ga – birinchi va oxirgi bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in.
Yopiq bo‘g‘in. Undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘inga yopiq bo‘g‘in deyiladi: meh-nat-kash-la-ri-mizbirinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi bo‘g‘inlar yopiq bo‘g‘in.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling