Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet75/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Intonatsiya
Tovush va bo‘g‘in nutqning moddiy tomonini tashkil etsa, intonatsiya va urg‘u nutqning mazmun tomoniga daxldordir. Tovush va bo‘g‘in nutqning doimiy birliklari sanaladi. Shunga ko‘ra ular segment birliklar hisoblanadi.
Nutqning sintaktik ma’nolarni va ta’sirchanlikni ifodalash uchun xizmat qiluvchi ritmik-melodik tomoni; ovozning baland pastligi;ohang intonatsiya deb yuritiladi. Intonatsiya nutq qismlarining talaffuz me’yorlarini belgilab beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Intonatsiya nutq melodikasi, nutq ritmi, nutq intensivligi, nutq tempi, nutq tembri, mantiqiy urg‘u, fraza urg‘usi kabi birliklardan tarkib topgandir. Bu birliklarni nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular nutqqa yaxlit holatda aloqador, bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Nutqning o‘zgarishi bilan ular ham o‘zgarib turadi. Shunga ko‘ra ular supersegment birliklar hisoblanadi. Intonatsiya gapning ifoda maqsadiga va ta’sirchanligiga ko‘ra turlarini farqlashga yordam beradi. Shunga ko‘ra gapning barcha turlari: darak gap, so‘roq gap, undov gap, buyruq gap, undalmali gap, vokativ gap, uyushiq bo‘lakli gaplarning har biri o‘ziga xos ohang, intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Shu asosda intonatsiyaning ko‘rinishlari, turlari yuzaga keladi.

21- mashq. A. Oripovning «Munojat»ni tinglab... she’rini o‘qing. Intonatsiya orqali shoirning ichki kechinmalarini ifodalang. So‘zlarning urg‘usini aniqlab, belgilab chiqing.
Qani, ayt maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang,
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am.
Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Qaylardan tug‘ilmish bu ohu faryod.
Kim u yig‘layotgan? Navoiymikin
Va yo may kuychisi hayyommikin, dod!
Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar.
Nahotki dunyoda shuncha g‘am bordir!

Amaldagi alifboning o‘zbek tilining fonemalar tizimi bilan mutanosibligi qeyidagicha: hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi jami 31 ta fonema alifboda 33 ta harf orqali ifodalanadi. Shundan 6 ta unli fonema yozuvda 10 ta harf: a, o, i, e, u, ґ, e, yo, yu, ya yordamida; 25 ta undosh fonema 23 ta harf: b, v, g, d, j, z, i, k, l, m, n, y, p, r, s, t, f, x, s ch, sh, і, e, µ, yordamida ifodalanadi.


Amaldagi o‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
1. Alifbomizda o‘zicha tovushni ifodalamaydigan grafik belgilar mavjud. Bularga ‘, belgilari kiradi.
2. Alifboning asosiy qismini bir fonema ifodalaydigan harflar tashkil etadi: a, b, v, g, d, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, ch, sh, e, ґ, і, І, µ.
3. Bir vaqtning o‘zida ikkita fonemani ifodalay oladigan harflar: e, yo, yu, ya.
4. Ikkita fonemani bildiradigan harf: j- a) Jo‘ra jang, jiddiy, javob (Jґra, jang, jiddiy, javob) kabi so‘zlarda til oldi qorishiq dj fonemasini; b) gijda, ajdar, jurnal, jargon (gijda, ajdar, jurnal, jargon) kabi so‘zlarda til oldi sirg‘aluvchi j fonemasini ifodalaydi.
5. Amaldagi alifboda ham harfiy birikma (n va g) ng yordamida ifodalanadigan til oldi burun tovushiga maxsus harf berilmagan: tong - tong, teng - teng, ґіing - o‘qing, ґzing - o‘zing kabi.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling