Xos xususiyatlari


Download 0.78 Mb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1419387
1   2   3
Bog'liq
9-ma\'ruza. Qum sahrolarida yo‘llarni loyihalashning o‘ziga hos xususiyatlari (1)

1-qumdan qurilgan ko’tarma; 2-bog’langan gruntdan himoya qatlami;
3-yo’l poyi asosi; 4-qoplama.

Baland ko’tarmalarni normal ko’ndalang profilli qilib, qiyaliklarini 1:1,5 tiklikda ko’tarish mumkin. Balandigi 2 m gacha bo’lgan ko’tarmalar I toifali yo’llarda 1:3 tiklikdagi qiyalik bilan ko’tariladi (9.4-rasm).


Qum ko’chadigan hududlarda qiyaliklarni yotiqroq qilib qurish yo’li bilan o’ymalarning shamol bilan tozalanib turishini yaxshilash qum bosib qolish xavfini to’la bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun o’ymalarning qiyaliklarini 1:2 qilib, ularga balandligi 0,3...0,4 m, qiyaligi 1:4 bo’lgan ko’tarmaga moslab ishlov berish bilan kifoyalanadi. O’ymalardagi yo’l poyi kengligi kamida 4...6 m bo’lgan bermalar bilan kengaytiriladi, bu bermalarda kuchli shamollar vaqtida uchib kelgan qum yotib, yo’ldagi harakatni to’xtatib qo’ymaydi (9.5-rasm). Sirtini o’simliklar qoplagan barxan qumlaridagi chuqurligi 2 m dan ortiq o’ymalarda, ichki qiyaliklarning tikligini 1:2 gacha oshirib, bermaning kengligini 3 m gacha kamaytiriladi.

9.4-rasm. Sirtini o’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlar tarqalgan hududlarda ko’tarmalarning ko’ndalang profillari.
a-ko’tarmalarda; b-nol belgilarda; 1-ajratilgan yer chegarasi; 2-10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan himoya qatlami; 3-rezerv (o’lchamlari ko’tarmaning balandligiga qarab); 4-ko’pi bilan 0,2 m chuqurlikda tekislash.





9.5-rasm. O’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlarda o’ymalarning ko’ndalang profillari.
a-2 m gacha chuqurlikda kovlangan o’yma; b-ko’tarma ostida kovlangan o’yma;
v-chuqurligi 2 m dan ortiq o’yma; 1-ajratilgan er tasmasi; 2-qalinligi 10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan qilingan himoya qatlami.

Mahalliy sharoitlarga qarab, ko’tarmalar va o’ymalarning qiyaliklari va chetlari bog’lovchi moddalar bilan ishlov berilgan bog’langan gruntlar to’kib, tosh terib, daraxt yoki buta shoxlaridan tayyorlangan to’shama yotqizib mustahkamlanadi. O’simlik ko’p o’sgan qumlarda yo’l poyini yo’l yoni tasmasidagi o’simliklar shikastlanmaydigan qilib quriladi. O’simliklar o’smagan qumlarda yo’l yoni tasmasini har ikki tomonidan 15...40 m kenglikda, relefning ko’chadigan qumli uyumlarni tekislab tashlash yo’li bilan tekislanadi.
Yo’l yoni tasmasidan chetda 200 m gacha kenglikda relefning ko’chadigan uyumlari mexaniq shitlar bilan yoki 1 m kenglikdagi tasmalarda o’tqaziladigan o’simliklar bilan mustahkamlanishi kerak.
Qumga suv juda singuvchan bo’lganligi sababli sochiluvchan qum uchastkalarida suv o’tkazish inshootlari qurilmaydi. Suv chetlatish faqat taqirlar kesishgan joyda, shuningdek, qiyaliklarida suv o’tkazmaydigan gruntlar yotgan tepaliklardan kamdan-kam, biroq jadal yog’adigan jalalar vaqtida suv oqib tushishi mumkin bo’lgan uchastkalardagi qum chetlarida ta’minlanishi shart.
ShNQ 2.05.02-07 AY ga asosan yo’l poyi tuzilmasini barxan (ko’chma) qumli tumanlarda, ularning relefini hisobga olib, eng kam qum bosishini ta’minlovchi ko’tarma shaklida loyihalash lozim. Bunda joyning relefiga, shamolning tezligiga va yo’nalishiga, qumlarning ko’chish darajasiga, yuzaning o’simliklar bilan mustahkamlanganligiga va boshqa omillarga qarab kamida 50-150 m kenglikdagi hududda yo’l poyini qum uyumlari bosishidan saqlab qolish bo’yicha tadbirlar ko’zda tutilishi lozim. Relefning yirik shakllari sharoitida yo’l o’qi yo’nalishini yo’lning yo’nalishiga bog’lab, relefning cho’zilgan shakli bo’yicha, balandligi 0,6-0,9m, bo’lgan ko’tarma ko’rinishida, ko’ndalang barxan zanjirlari va tizimlarida navbatma-navbat ko’tarma va mumkin bo’lganda qisqa o’ymalar ko’rinishida loyihalash zarur.
Balandligi 2 m. gacha bo’lgan ko’tarmani 1:3-1:4 qiyalik bilan loyihalash lozim. Katta yotiqlikdagi qiyaliklar yoki o’zgaruvchan yon bag’ir qiyaligi I-II toifali yo’llar uchun ham belgilanadi. Balandligi 2m dan ortiq ko’tarmalar asosan 1:2 yonbag’ir qiyaligida loyihalanadi.
Yonbosh zahiralar-shamolning faolligini, uning yo’nalishini va qum yuzasini o’simlik bilan mustahkamlash darajasini hisobga olib quriladi. Shamol o’ta faol bo’lganda va yuzasida o’simlik o’smagan qumlarda zahiralar yo’l poyining har ikki tomonidan quriladi. Shamol harakati faol bo’lganda va yuzasida kam o’simlik o’sgan qumlarda-zahiralar bir tomonlama, shamolga teskari tomondan quriladi; zahiraning kengligi imkoni boricha katta miqdorda mavjud bo’lgan o’simliklar qatlamini saqlab qolish maqsadida chuqurlash yo’li bilan chegaralanadi.
Kuchli shamol esishi kutiladigan joylarda 2m gacha chuqurlikdagi o’ymalarni-yon bag’ri 1:10 bo’lgan ochiq o’yma ko’rinishida loyihalash kerak. 2 m dan chuqur bo’lgan o’ymalarni yon bag’ri 1:2 qiyalikda, ko’tarma yon bag’irlari orasida tekislangan joy qoldirib loyihalash lozim. Joy kengligini shamolning faolligini hisobga olib, ko’tarma uchun tuproqdagi talabdan kelib chiqib: shamol juda faol bo’lganda tekislanadigan joy kengligini kamida 20 m., shamol faol bo’lganda 10m qilib belgilanadi.
Yuza suvlarini chetlatish zarurati bo’lgan yoki qor uyumlari bosishi mumkin bo’lgan tumanlarda o’ymalar-yo’l to’shamasi va himoya qatlami qalinligiga teng bo’lgan balandlikdagi ko’tarma ko’rinishida bajarilib, bu ko’tarma yon bag’riga 1:4 qiyalik beriladi.
O’simlik o’sgan va kam o’sgan qumlarda, o’simliklarni va yon atrofdagi joylarni ko’proq saqlab qolishni ta’minlash zarur. Shu maqsadda tekislikda, qiya to’lqinsimon va yassi do’nglik qumlarda yo’l poyini no’l belgilarda va 0,3-0,4m. gacha balandlikdagi ko’tarmalarda loyihalanadi. Ko’tarmalarning yon bag’ir qiyaliklarini 1:2 qilib belgilash zarur.
O’simlik o’sgan o’rtacha tepaliklar va chuqurli qumlarda yo’l poyi-ko’tarma va o’yma xajmlarini to’ldiradigan qilib o’simlik kam o’sgan qumlarda esa kengaytirilgan o’ymalar sifatida loyihalanishi lozim.
O’simlik kam o’sgan qumlarda ko’tarma ko’rinishidagi kengaytirilgan o’ymalar qurish tavsiya etiladi. Kengaytirish 3 m.ga yaqin qilib, ko’tarma uchun zarur bo’lgan tuproqni va tekislangan kengayish joyini mexaniq usulda tozalash imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Avtomobil yo’llarining yo’l poyi qurilishi shamol-qum oqimining harakatlanish sharoitini o’zgartiradi. Yo’l yonida hosil bo’ladigan tinchlik zonalarida qum yotqiziqlari paydo bo’ladi, uyurma hosil bo’ladigan joylarda yo’l poyiga to’kilgan qum to’zib (uchib) ketishi mumkin, buni yo’l loyihalashda hisobga olinishi zarur.
Yo’l poyi ko’ndalang profilini yotiqroq qilish yo’lni qum bosishidan to’la himoya qila olmaydi. 1:15...1:20 tiklikdagi juda yotiq yonbag’irlardagina qumning erkin, yotqiziqlar hosil qilmasdan yo’l orqali ko’chib o’tishi sodir bo’ladi. Shuning uchun yo’l poyi qiyaliklari bog’langan grunt qatlami yotqizib mustahkamlanadi.
Yo’lga ajratilgan tasma chegaralarida yuzani tekislash zarur, shunda qum unda o’tirib qolmasdan ko’chib o’tadigan bo’ladi. Ko’chma qumlarni emulsiya yoki suyuq bitum quyib mustahkamlash borasidagi ko’p urinishlar hosil qilingan yupqa sirt pardaning tez emirilib ketishi sababli juda kam foyda beradi.

shamol
Yo’l yoni tasmasidan uchib kelgan qum hosil qiladigan qum uyumlaridan yo’lni himoya qilishning juda ishonchli va uzoq muddatli usuli yo’l bo’ylab keng tasmada o’t-o’lanlar ekish va qumsevar butalar (saksovul, cherkez, kandim) o’tqazishdir. Biroq yo’l yonidagi himoyalovchi (ihotalovchi) o’simliklar o’sib ketishi uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Kuchli sho’rlangan va tez ko’chadigan qumlar bo’lganida, shuningdek, sizot suvlari chuqur yotgan ayrim hollar uchun qumlarni o’simliklar bilan mustahkamlashning muvaffaqiyatli usullari haligacha topilgani yo’q.

Yo’nalish

Shitni (to’siq) balandligi boýicha masofasi

9.6-rasm. Qum yotqiziqlarining shitlar zichligiga bog’liqligi.
I-shitlar orasidagi yotqiziq ; II-shitlar oldidagi yotqiziq; 1-shitlarni o’rnatish chizig’i;
2-yaxlit shit; 3-25% tirqishli shit; 4-50% tirqishli shit.

Yo’l yonidagi qumli relef shakllarini mustahkamlash uchun o’simliklardan tashqari, «mexaniq himoya» - shitlar bilan to’sish qo’llanadi. Bunday himoyalash shitlar yonida qumlar o’tirib qoladigan tinchlik zonasi hosil qilishdan iborat. Himoyalash chiziqlari yaqinidagi qum uyumlarining ko’rinishi shamol oqimi uchun o’rnatilgan shitlarning o’tkazuvchanligiga bog’liq (9.6-rasm). Yotqiziqlar asosan yaxlit (tutash) shitlar oldida to’planadi. qum to’la bosib qolgan (ishlab bo’lgan) shitlarda yotqiziqlar kesimi uchburchak shaklida bo’ladi, nishabligi qumning ichki ishqalanish burchagiga teng bo’ladi. qumning ko’p miqdorini shamol o’tib ketadigan panjarali shitlar to’sib qoladi. Bunda shamol tezligi so’nadi va qum bir tekis qatlam hosil qilib, shit orqasida o’tirib qoladi. qum yotqiziqlarining uzunligi shitdagi tirqishlar foizi qancha katta bo’lsa, shuncha uzun bo’ladi. Bunday shitlarni, ular ishlab bo’lganidan keyin, yangi joyga osongina olib qo’yish mumkin.




Nazorat uchun savollar

  1. Qumli joylarda relefning qanday elementlari bor?

  2. Qumli jo’yaklari qanday hosil bo’ladi?

  3. Yuzaning o’simlik bilan qoplanishini haraktchanlik darajasiga qanday bog’liq?

  4. Shamollar chambaragi nima?

  5. Qumli joylarda o’q chizig’i qanday o’tkaziladi?

  6. Qumli joylarda yo’l poyining ko’ndalang qismi qanday qo’rinishda bo’ladi?

  7. ShNQ 2.05.02-07 AY bo’yicha qumli joylarda yonbag’ir qiyaligiga qanday talablar qo’yiladi?

  8. Yo’l atrofidagi qumlar qanday mustahkamlanadi?

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling